Kontent qismiga oʻtish

tuya

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

tu-ya

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

TUYA 'oʻrkachli yirik sutemizuvchi ish hayvoni'. u ya choʻksa, joy topiladi (Maqol). Qadimgi turkiy tilda shunday maʼnoni anglatgan soʻz ПДПda 1ää (428-betda), Buż (431- betda) shakllarida, Devonda shewä (III, 153), dewä (III, 245), tew1 (III, 153), tewä) shakllarida keltirilgan (III, 227). E.V.Sevortyan lugʻatida bu soʻzning ayrim turkiy tillarda 1öuä, Shdä kabi bir qancha shakllarda mavjud ekani sanalgan (ЭСТЯ, III, 313, 314). Koʻrinadiki, bu soʻz tarkibidagi barcha tovushlar tur — licha oʻzgarishlarga uchragan. Hozirgi oʻzbek tiliga bu soʻzning boshlanishidagi undosh t tarzida, birinchi butindagi unli u tarzida, ikkinchi boʻgʻin boshidagi un-dosh y tarzida talaffuz etiladigan shakli yetib kelgan.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Bir yoki ikki oʻrkachli, juft tuyoq-li, asosan, yuk tashish uchun xizmat qila-digan, suvsizlikka chidamli sutemizuvchi ish hayvoni. ◆ Tuyalarni haqli ravishda sahro kemalari deb atashadi. Gazetadan . Bazi kunlari [Yoʻlchi

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

◆ koʻmir saroyga tushib, koʻ-mir, tappi, xashak keltirgan qozoqlarning tuyalarini xaridorning uyiga yetaklaydi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Suvsizlikni tuya koʻtaradi.. A. Qahhor, „Maston“ .

Baqiroq tuyaning bori yaxshi Oila, jamoa kabilarda tergab, kutkilab yoʻlga solib turadigan ota-ona, rahbar, yoshi ulugʻ kishiga nisbatan qoʻllanadigan maqol. ◆ Baqiroq tuyaning bori yaxshi, deydilar. Ota-ona borligi-da bolalar bir-birlari bilan ahil boʻladilar.. I. Ahmedov, „Ogʻir operatsiya“ . Kambagʻalni tuyaning ustida it qopar Kambagʻal, nochor shaxsning ishi yurishmasligi, har qanday sharoitda ham unga nimadir pand berishini bildiradigan maqol. ◆ Kambagʻstni tuya ustida it qopsin ekan-da?! " Mushtum" . Nonini tuya qilmoq Birovning narsasi, ulushi va shu kabilarga sherik boʻlmoq, undan oʻmarmoq. ◆ Ishona-mizki.. goʻdaklar nonini tuya qilib kelayotgan Unsin Boltaboyevani ogʻir tashvishdan tez xalos etib, u bilan uzil-kesil gaplashib qoʻya-digan mardi maydon topilur. Sh. Tohirov, „Teshik tomoq“ . ◆ Qachongacha mahalla hisobiga kayfu safo qilib, xalq nonini tuya qiladi-lar. Gazetadan . Ot bilan tuya boʻlarmidi U qadar katta, koʻp emaslikni bildiruvchi ibora (summa, narsa haqida). ◆ Jonfigʻon mukofotni oʻz gazi bshshn oʻlchagani uchun bunga ham uncha parvo qilmabdi — olgan mukofoti-ga "ot bilan tuya boʻlarmidi", debdi. A. Qahhor, „Qanotsiz chittak“ . Tuya goʻshti yegan Biror ish, narsaning bitishi, amalga oshishi juda sudralishi, choʻzilishini qayd etuvchi ibora. ◆ Tuya goʻshti yegan teatr. "Mushtum" . Tuya koʻr-dingmi - yoʻq q. koʻrmoq. ◆ Tuya boʻlsa ham, dumini koʻrsatmay yutib yuborib, tuya koʻr-dingmi — yoʻq, deb bezrayib turaveradigan-lar chiqib qoldi. "Mushtum" . Tuya choʻksa, joy topar Oʻtiruvchilar tigʻiz, zich boʻlgan holat-larda yana boshqa kimsa oʻtirishni xohlasa, joy topilishini, sigʻishini qayd etuvchi ibora. ◆ Eshikdan birin-ketin odamlar kirar.. soʻngra "tuya choʻksa, joy topar" qilib, u yer— bu yerga siqilib oʻtirardilar. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ . Tuya hammomni havas qilganday Oʻziga xos va mos boʻlmaydigan, yarashmay-digan urinish, intilish, orzu qilish ho-latiga nisbatan qoʻllanadigan ibora. ◆ Tuya hammomni havas qilganday, senga kim koʻyib-di bunday ishlarni. yaya Raisliging oʻzingga buyursin. Men tuya emasmanki, hammomni orzu qilsam. T. Malik, „Ajab dunyo“ . Tuyani yutib, dumini koʻrsatmaydi Har qanday katta (koʻp) narsani ham oʻzlashtirib, undan nishon, iz qoldirmaslikni bildiruvchi ibora. ◆ Hoziru tomogʻining qurtini oʻldirish uchun tuya boʻlsa ham, dumini koʻrsatmay yutib yuborishdan toymaydi. "Mushtum" . ◆ Tuyani yut, lekin dumi ogʻzingdan koʻrinib turmasin. Oybek, „O“ .v. shabadalar. Tuyaning dumi yerga tekkanda (yoki yetganda) Roʻyobga chiqmaydigan, amalga osh-maydigan ish, quruq vaʼda ekanlikni bildiruvchi ibora. ◆ Hasan soʻfi: -Suv chiqadi-yu, lekigin boyga yarasha chiqadi. Bu suvdan bizga tuyaning dumi yerga yetganida tegadi, — dedi. M. Ismoiliy, „Fargonat“ . o. Hayt degan tuyaga mador Kichikkina hissa, hatto bir ogʻiz soʻz ham yordam boʻlishini qayd etuvchi maqol. ◆ Ish sensiz toʻxtab qolmaydi, ammo hayt degan tuyaga mador, — dedi.. A. Muhid-din, „Inson qalbi otash“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ТУЯ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

tuya

Tillar

[tahrirlash]

tuya
верблюд; // верблюжий; ◆ ayri tuya или ◆  ikki oʻrkachli tuya двугорбый верблюд; ◆ nor tuya одногорбый верблюд; ◆ tuya juni верблюжья шерсть; ◆ tuya choʻksa joy topiladi погов. (букв. если верблюд сядет, место найдётся) если потесниться, место найдётся; ◆ tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda koʻr см. koʻrmoq 1;◆ 

  • tuyaning dumi yerga tekkanda (букв. когда хвост верблюда коснётся земли) соотв. когда на горе рак свистнет; ◆ nonini tuya qilmoq см. ◆ non; tuya koʻrdingmi? - Yoʻq! (букв. видел верблюда? - нет!) никто ничего не видел и не слышал (т. е. концы в воду); ◆ tuya goʻshti yegan (букв. съевший верблюжатину) о чем-л. затянувшемся; ◆ tuya goʻshti yegan qurilish затянувшееся строительство.