Kontent qismiga oʻtish

qorovul

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

qo-ro-vul

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Biror obʼyektni qoʻriqlovchi qurolli shaxs, shaxslar guruhi; posbon, soqchi. ◆ Oʻrda qorovuli. ◆ Podshoning Buxoroga kelishi munosabati bilan koʻchalar tozalangan, qorovulu yasovullar yoʻllarga tinmay suv sepishardi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ Ark qorovullari kiyimlarini yechib, koʻrpalariga choʻzildilar. S. Ayniy, „Doxunda“ .

2 Biror obʼyektga ziyon-zahmat yetkaz-maslik, unda tartib-intizom va shu kabilarni saqlash uchun, qoʻriqlash uchun qoʻyiladigan shaxs; qoʻriqchi. ◆ Oʻrmon qorovuli. Bogʻ qorovu-li. Koʻcha qorovuli. sht ◆ ToshMI darvozasi oldida qorovul ularni toʻxtatdi. Oʻ. Umar-bekov, „Yoz yomgʻiri“ . ◆ Mozorni qirtishlab to-zaladi. Goʻriston qorovuliga pul berib, qurʼ-on tilovat qildirdi. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ .

3 Kuzatib, ogoh boʻlib turuvchi. ◆ Umrzoq koʻprikning narigi chetida qorovul boʻlib turish uchun ketdi.. P. Qodirov, „Yulduzli tunlar“ . ◆ Lekin ellikboshi Yoʻlchining iziga qorovul tushirganligidan xabardor boʻlgan.. Krratoy Yoʻlchining tadbirlarini maʼqul koʻrmadi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

4 harb. Biror obʼyektni saqlash, muho-faza qilish vazifasi yuklatilgan harbiy boʻlinma. ◆ Garnizon qorovuli. m ◆ Qoq yarim kechada qorovullar trevoga koʻtarishdi. Oybek, „Quyosh qoraymas“ .

5 Nishonga olish uchun miltiq, pistolet kabi qurollarning stvoli uchiga oʻrnatil-gan boʻrtiqcha; mushak. ◆ Ahmadjon shoshmasdan miltigʻini oʻngladi. Uzoqdan dumsiz kalta-kesakka oʻxshab koʻringan fashistni qorovul-ga qoʻndirib, tepkini bosdi. A. Qahhor, „Oltin yulduz“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ҚОРОВУЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

qorovul
1 охранник; сторож; караульщик; ◆ qorovul boʻlib turmoq караулить, охранять;
2 дворник;
3 воен. караул; // караульный; ◆ qorovul almashtirish смена караула; ◆ garnizon qorovuli гарнизонный караул; ◆ qorovul xizmati караульная служба;
4 мушка (огнестрельного оружия); ◆ 

  • qorovul supurgi метла (с длинной рукояткой).