Kontent qismiga oʻtish

baxmal

Vikilug‘atdan olingan

Gagavuzcha (gag)

Ot

baxmal

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

bax-mal

Aytilishi

Etimologiyasi

f. J — - — tukli; duxoba, barxit

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

ot, yeft. 1 ayn. duxoba.◆  Qizil baxmal. Chiy baxmal. Baxmal doʻppi. Baxmal toʻn. mm Baxmal poʻstin kiyasan, alla-yo, alla, Zoʻr pah-lavon boʻlasan, alla-yo, alla. "Qushiqlar". ◆ Ular baxmal koʻrpa yopilgan issiq sandalning ikki chetida oʻtirib, kechki taomni birga yemoqda edshshr. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.

2 koʻchma Dala va togʻlarni qoplagan mayin maysalar yoki qalin oʻt-oʻlanlar. ◆ Baxmal dalalar. Baxmal qirlar. Baxmal qir-gʻoqlar. n Qanday goʻzal baxmal qir, Yam-yashil dengiz goʻyo. A. Poʻlat, Tasadduq.◆  Jilvaga burkandi kumush qiryuqlar, Bagʻriga tortardi baxmal oʻtloqlar. Gʻayratiy.◆  Sokin tunda toʻlgan kumush oy, Boshin qoʻyib baxmal qirgʻoqqa. Gʻayratiy.◆  Baxmal sohilingga koʻz tikib qoldim, Asrlar sirdoshi, ey ulugʻ daryo. Gʻayratiy.

3 koʻchma Quyuq qorongʻulik. Kumush tong-ni, baxma,g kechani dalada qarshilab.. Gazetadan.◆  Tong oldi tinch. Yoqimsiz tunning qora baxmali. A. Muxtor, Asarlar.

4 koʻchma Mayin, yoqimli.◆  Bunisi koʻp soz, U baxmal ovoz Saqlangan ekan Ulugʻ hofizdan. M. Shayxzoda.


Sinonimlari

Antonimlari

БАХМАЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Ot

baxmal (koʻplik baxmallar)

OʻTIL