Jump to content

oy

From Vikilug‘at

Oʻzbekcha (uz)

[edit]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[edit]

oy

Aytilishi

[edit]

Etimologiyasi

[edit]

OY 'Yerning yoʻldoshi’; 'yilning oʻn ikkidan bir qismi’. Ulfatlar har o y n i n g uchinchi shanbasida toʻplanishadi. Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot a:y tarzida talaffuz qilingan (ESTYa, I, 98), oʻsha davrlardayoq a: unlisining choʻziqlik belgisi yoʻqolgan (PDP, 355; DS, 24); oʻzbek tilida a unlisi â unlisiga almashgan: a:y > ay > ây.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[edit]

Maʼnosi

[edit]

1 (O — katta) astr. Kuyoshdan nur olib, yogʻdu sochuvchi samoviy jism, Yerning tabiiy yoʻldoshi. ◆ Oʻn toʻrt kunlik oy. Toʻlin oy. Oy nuri. Oy chiqdi. Oy botdi. Oyning yuzidagi dogʻlar. Oyning Yer atrofida ayla-nishi. Oyni etak bilan yopib boʻlmaydi. Ma-qol . ■■ ◆ Kechki gullar ochilib turibdi. Koʻkda tanho oy kezmoqda. I. Rahim, „Chin muhabbat“ .

Oy yuz Chiroyli yuz, goʻzal yuz. ◆ Oy yuzing qora chimmat zulmidan qutultirgʻil. Chiq qorongʻi turmushdan, nur ichinda javlon qil. Hamza . Oy desa — oyga, kun desa kunga oʻx-shaydi Juda goʻzal, juda ham chiroyli.

2 Astronomik yilning oʻn ikkidan bi-riga - Oyning Quyosh atrofidan bir marta aylanib chiqish muddatiga yaqin vaqt ora-ligʻi; oʻlchov birligi: 28, 29 30 yoki 31 kunlik davr. ◆ Oy boshi. May oyi. Bir yil — oʻn ikki oy. Bu orada uch oy oʻtdi. Yoz oylari ham oʻtib ketdi. Oyning oʻn beshi qorongʻi boʻlsa, oʻn beshi yorugʻ. Maqol . ◆ yash Oʻgʻlim bechora oy oʻtmasdan boʻzchining mokisidek qatnab tursa. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

Oydan oy, kundan kun oʻtib Ancha vaqt oʻtib. ◆ Oydan oy, kundan kun oʻtar daryodil, Menga tanho boʻlgan sen yoʻqsan mohim. Habib Ab-dunazar, „Anjir guli“ . Oy-kun(lar) oʻtib Vaq-ti, umri, hayoti kechib. ◆ Shu yoʻsin oromsizlik va besaranjomlik ichida [Otabekning] oy-kunlari oʻtib turar edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

3 Uch-toʻrt kunlik oy shaklidagi bezak yoki belgi. ◆ Mezana ustidagi oy.

4 Ayollar ismi tarkibiga kiradi yoki ayol-lar nomiga qoʻshilib, erkalash, hurmatni bildiradi. Mac.: ◆ Oyposhsha, Oyqiz, Oytoʻti, Oynisa; Tursunoy, Shirmonoy, Qunduzoy.

Oy borib, omon kel Safarga ketayotgan kimsaga yaxshilik tilab aytiladigan ibora, oq yoʻl tilash. ◆ U[Elmurod] yoʻlda ketar ekan.. "Oy borib, omon keling!" deb, oq yoʻl tilab qolgan Gulsumni xishtgacha oʻylab yotdi. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ . Oy koʻrmoq Hayz koʻrmoq. Oyi toʻldi Tugʻish vaqti yetdi. ◆ Kumushning oyi toʻlmasdanoq, u [onasi] beshik yasatish bilan mashgʻul edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . Oy-kuni yaqin Tugʻish arafasida, oldida.

Sinonimlari

[edit]

Antonimlari

[edit]

OY. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[edit]

Ot

[edit]

oy (koʻplik oylar)

Tillar

[edit]

oy
1 luna, mesyats; yangi (ili yarim) ◆ oy molodoy mesyats, serp molodogo mesyatsa; ◆ toʻlin oy 1) polnaya luna; 2) polnolunie; ◆ oy chiqdi luna vzoshla; ◆ oy botdi luna zashla; ◆ oy tugʻildi luna narodilasь; ◆ oydek qiz lunolikaya (krasivaya) devushka; ◆ oy tutilishi (ili kuyishi) zatmenie lunы, lunnoe zatmenie; ◆ tugʻilgan oy - toʻgʻralgan moy pogov. (bukv. nachavshiysya mesyats vsyo ravno chto melko narezannoe salo) nachavshiysya mesyats bыstro proletit; ◆ oyni atak bilan yopib boʻlmas posl. lunu podolom ne prikroeshь; sootv. shila v meshke ne utaishь; ◆ har kimniki oʻziga oy koʻrinar koʻziga posl. (bukv. vsyakomu svoyo kajetsya lunoyu) svoyo ne mыto, da belo; ◆ oy yuz krasivoe (prekrasnoe) litso; // lunolikaya (epitet krasavitsы);
2 mesyats, luna (period mejdu dvumya novoluniyami);
3 mesyats (chastь goda);◆ may oyi may mesyats; ◆ avgust oyidan (boshlab) (nachinaya) s avgusta mesyatsa; ◆ oy boshi 1) nachalo mesyatsa; 2) novolunie, ◆ oy oxiri konets mesyatsa; ◆ u oydan bu oyga iz mesyatsa v mesyats; ejemesyachno; ◆ oyma-oy po mesyatsam; za kajdыy mesyats; po schyotu mesyatsev; ◆ oyma-oyiga hisob bermoq otchitыvatьsya po mesyatsam, za kajdыy mesyats; ◆ oydan oy, kundan kun oʻtib (bukv. po istechenii mesyatsa za mesyatsem, dnya za dnyom) posle dolgogo vremeni, cherez dlitelьnыy promejutok vremeni;
4 polumesyats (ukrashenie ili uzor v vide polumesyatsa);
5 vxodit kak sostavnaya chastь v imena sobstvennыe jenskie ili pribavlyaetsya k imeni sobstvennomu pri pochtitelьnom ili laskovom obraщenii k molodoy jenщine, devushke, napr. Oynisa, Oyqiz ili ◆  Tursun oy, Hosiyat oy i t. d.; ◆ 

  • Qizil Yarim oy jamiyati Obщestvo Krasnogo Polumesyatsa; ◆ oy borib, omon kel! blagopoluchno sʼezditь tebe!; ◆ yil oʻn ikki oy razg. kruglыy god; ◆ uning oy-kuni yaqin ona na snosyax; ◆ oy koʻrmoq menstruirovatь, imetь menstruatsii; ◆ oy oʻtov tikibdi (bukv. luna postroila yurtu) vokrug lunы poyavilsya svetlыy krug.

Norvegcha (bokmål) (no)

[edit]

Andoza:no-adv

fikr, ovoz