Jump to content

en

From Vikilug‘at

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

en

Aytilishi

Etimologiyasi

EN narsaning koʻndalang koʻlami’. Taxtining eni 30 sm edi. Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli i:ŋ tarzida talaffuz qilingan boʻlib (ESTYa, I, 352), oʻsha davrlardayoq ŋ undoshi n undoshiga almashgan, i: unlisining choʻziqlik belgisi yoʻqolib, bu unli e unlisiga almashgan (Devon, I, 83); i:ŋ > i:n > in > en.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Narsalarning koʻndalang yoʻna-lishdagi kattaligi; kengligi. ◆ Uyning boʻyi va eni. Eni bir metr, boʻyi ikki metr keladigan gilam. m ◆ Eniga yigirma olchin joy olgan oʻn besh darichali kattakon chorxari uy ichida ellik chogʻli bek yigipiari gul-xan soliboʻtirar edilar. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

Boʻyra eni Bir boʻyra hajmiga teng oʻlchov birligini (hajmni) bildiradi. ◆ ..uyning orqa devori bir boʻyra eni kesib tushirilgan boʻlib, qorayib koʻrinar edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ Toʻrt boʻyra eni keladigan hovlisiga oʻn xilga yaqin ekin eka-di. "Mushtum" . Ikki en Ikki boʻlak narsadan eniga ulab qilingan. ◆ Ikki en koʻrpa. En (yoki eniga) tortmoq Kengaymoq, yoʻgʻonlashmoq. ◆ Umurzoq ota poʻstlogʻi en tortib, tanasi kovak boʻlib ketgan keksa tolga suyanib oʻtiribdi. H. Gʻulom, „Mashʼal“ . ◆ U [Davronov] semirib, yuzlari qizarib ketgan, novcha boʻyi eniga tortgan edi. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ .

2 Bir kiyimlik gazlama. ◆ Ahmadoʻzi uchun bir jodi, bir targʻil sigir, bir kiyimlik enoldi. Gazetadan .

3 Belgi, tamgʻa (adashtirmaslik uchun qoramol yoki qoʻy qulogʻida hosil qilingan kesik).

En solmoq Molning yoki qoʻyning qulogʻini kesib, kertik qilib qoʻymoq.


Sinonimlari

Antonimlari

EN. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

en
1 shirina; // shirokiy; ◆ ~i qirq santimetrli taxta doska shirinoy v sorok santimetrov; ◆ ikki ~ dvoynoy shirinы; ◆ ~iga poperyok; v shirinu; ◆ egnida yangi ~ chakmon na nyom novыy shirokiy chekmenь;◆ ~ ili ~iga tortmoq rasti v shirinu; utolщatьsya, stanovitьsya shirokim;
2 otrez (materii); ◆ ~ solmoq 1) daritь (komu-l.) otrez; 2) nastavlyatь; prishivatь sboku polosku materii; ◆ ~ qoʻshmoq, ~ solmoq1;
3
obl. metka (nadrez na uxe domashnego jivotnogo, znak sobstvennosti); ◆ ~ solmoq metitь skot; ◆ ham boʻyidan, ham ~idan uradi (bukv on obkradыvaet vdolь i poperyok, on obkradыvaet vsevozmojnыmi sposobami.

Datcha (da)

Raqam

en Andoza:da-adv

Niderlandcha (nl)

Hol

en

Norvegcha (bokmål) (no)

Raqam

en Andoza:no-adv

Shvedcha (sv)

Raqam

en Andoza:sv-adv