Kontent qismiga oʻtish

tana

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

tana I

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

ta-na

Aytilishi

Etimologiyasi

TANA I Bu tojikcha ot 'gavda' maʼnosini anglatadigan tan otiga (ТжРС, 379) -a qoʻshimchasini (ТжРС, 543) qoʻshib hosil qilingan boʻlib, 'gavdaning bosh, qoʻl, oyoqlardan tashqari qismi' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 115). TANA II Bu ot tana I otidan (q.) maʼno taraqqiyoti yoʻli bilan oʻsib chiqqan boʻlib, 'bir-ikki yoshli urgochi buzok' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 117).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

f. 4DZ — gavda, badan, tan; poya

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 ayn. tan 1—4. ◆ Erta koʻklam boʻlgani uchun, bahor quyoshi tanalarga yogʻday yoqadi. E. Rai-mov, „Ajab qishloq“ . ◆ Bir qilich zarbi bilan boshini tanasidan judo qildi. P. Qodirov, „Yulduzli tunlar“ . ◆ Shundan keyin bir oz tana-si yayrab, tarang tortilgan asablari boʻ-shashib, "Xayriyat!" deb qoʻydi. K. Yashin, „Hamza“ . ◆ Chopib bordim qoshiga, Sulayib yo'tar tanasi, Olti gaz nari joyda Vafodorim kallasi. "Oysuluv" .

2 Jonivorlarning jismi, jussasi. ◆ Ilonning qanday suv ichishini kamdan-kam koʻrish mumkin. U tanasini goh shishirib, goh puchaytirib, ogʻir nafas olardi. "Fan va turmush" .

3 Daraxtning, oʻsimlikning tag, poya qis-mi. ◆ Hovuzning toʻrt tomonida yoʻgʻon-yoʻgʻon qayragʻochlar, tana/gari qulochga sigʻmaydi. J. Sharipov, „Xorazm“ .

4 tex. Turli asbob, mashina va sh. k. ning boʻlaklarini tutib turuvchi qismi. ◆ Kranning tanasi.

Tanangga oʻylab koʻr (yoki qara) Yaxshilab oʻylab, muhokama, mulohaza qilib koʻr. ◆ Jah-limdan tushganimdan keyin shunday tanamga oʻylab qarasam, bechora oʻrtogʻimdan unchalik qattiq gina qilishning hojati yoʻq ekan. A. Qahhor, „Xotinlar“ .

Sinonimlari

Antonimlari

tana II

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

ta-na

Aytilishi

Etimologiyasi

f. 43D

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

Bir-ikki yoshli urgʻochi buzoq. ◆ Ha, oʻsha yili dadam bilan kolxoz tanalarini boqdik. S. Anorboyev, „Yoʻlda yoʻldosh boʻlganlar“ . ◆ Ketayotir navkarlar Soʻ-na quvgan tanaday. "Oysuluv" .

Sinonimlari

Antonimlari

ТАНА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tana I
1
тело; туловище; стан; ◆ odamning tana tuzilishi строение тела человека; ◆ tana aʼzolari части тела; ◆ tanasi boshqa dard bilmas поcл. чужую боль (болезнь) никому не ощутить;
2 ствол; ◆ terakning tanasi ствол тополя; ◆ 

  • tanangga oʻylab koʻr хорошенько подумай!


tana II
тёлка по второму году.