Usmon ibn Affon
Qiyofa
Usmon ibn Affon | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
Usmon bin Affon (arab. عثمان بن عفان) – 4 xalifaning uchinchisi, jannat xushxabari berilgan Muhammad paygʻambarning sahobalaridan biri.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
[tahrirlash]D
[tahrirlash]- Dunyoda ekinlar ekib-oʻrgan, baland koshonalar qurgan, uzoq vaqt zavq-u safo surgan dunyoning oʻgʻillari, doʻstlari bugun qayerda? Dunyo ularni yutib yubormadimi? Jalil Alloh dunyoga naqadar ahamiyat bermaganidek, siz ham unga shunday berilmang. Oxirat uchun harakat qiling[1].
Q
[tahrirlash]- Qullik – amal etish, amal bilan hukmlarni muhofaza qilish, vaʼdaga vafo, boriga rizo, yoʻgʻiga sabrdir[1].
S
[tahrirlash]- Sizdan avval oʻtgan kimsalarning holidan ibrat oling. Soʻng saʼy-harakat qiling va gʻaflatda qolmang. Zero, siz gʻaflatga tushib qolsangiz hamki, ishlaringizni hisob-kitob qilishda sira gʻaflatga tushilmaydi[1].
- Siz oʻtkinchi bir hayot uyidasiz va umringizning qolgan qismi ham oʻtishini kutmoqdasiz… Unutmangki, bu dunyo yolg‘on va aldov ustiga bino boʻlgan[1].