Zoubeir Baya
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Zoubeir Baya (yoki Beya) | ||
Tavallud sanasi | 15-may 1971-yil | ||
Tavallud joyi | M'saken, Tunis | ||
Boʻyi | 1.76 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1981—1991 | CS M'saken | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1991—1997 | Étoile du Sahel | 127 | (34) |
1997—2001 | SC Freiburg | 114 | (21) |
2001—2002 | Beşiktaş | 26 | (2) |
2002—2005 | Étoile du Sahel | 52 | (13) |
2005—2006 | CS M'saken | ||
Milliy terma jamoa | |||
1994—2002 | Tunis | 81 | (27) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Zoubeir Baya (yoki Beya) (talaffuzi: Zubayr Baya; 1971-yil 15-mayda tugʻilgan) — Tunislik sobiq professional futbolchi.
Ikki marta Tunisda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Baya oʻz mamlakati safida 1998-yilda Fransiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida va 1996-yilda Atlanta Olimpiadasida qatnashgan[1]. Shuningdek, terma jamoasi bilan 1998, 2000 va 2002 Afrika Millatlar Kubogi finallarida qatnashgan. Terma jamoadagi soʻnggi musobaqasi 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati boʻlgan, oradan koʻp oʻtmay isteʼfoga chiqqan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]M’saken shahrida tugʻilgan Baya futbolchilik faoliyatini Étoile du Sahelda boshlagan va Tunis klubi bilan Afrika kubogi gʻoliblari kubogini yutgan. Tunis terma jamoasidagi debyutini 1994-yil 4-sentyabrda Gvineya-Bisauga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va oʻyinda ilk terma jamoadagi golini kiritdi. Oʻtgan sakkiz yil ichida oʻz mamlakati uchun ajralmas futbolchiga aylandi, 81ta oʻyin oʻtkazib, 18ta gol urdi.
Uning Étoile du Saheldagi mehnati eʼtibordan chetda qolmadi. 2. Bundesliga klubi SC Freiburg bilan 1997-yilda shartnoma imzoladi. Germaniyadagi toʻrt mavsumda muntazam asosiy tarkib futbolchisi sifatida koʻrsatdi va 21 ta gol urdi.
2001-yilda Baya Beşiktaş J.K bilan shartnoma imzolaganidan keyin Turkiyaga joʻnab ketdi[2]. Baya Tunisning ketma-ket ikkinchi jahon chempionati finaliga yoʻllanma olishida muhim rol oʻynadi. Saralash bosqichidagi barcha sakkizta oʻyinda maydonga tushdi va oltita gol urdi. 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatidan soʻng Etoile du Sahelga qaytdi.
Etoile du Sahel bilan ikki mavsum oʻtkazganidan soʻng, Tunisning ikkinchi divizioni vakili CS M’sakenga qoʻshildi. Undan keyin nafaqaga chiqdi
Xalqaro gollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ballar va natijalar birinchi boʻlib Tunisning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni har bir Baya golidan keyin hisobni koʻrsatadi.
T/r | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 10.06.1994 | Stade Léopold Sédar Senghor, Dakar, Senegal | Senegal | 1-2 | 2-2 | Doʻstona |
2 | 2-2 | |||||
3 | 29.01.1995 | Stade El Menzah, Tunis, Tunis | Mavritaniya | 1-0 | 1-0 | 1996-yilgi Afrika Millatlar kubogi saralashi |
4 | 4.06.1995 | Stade de Kégué, Lomé, Togo | Togo | 1-0 | 1-0 | 1996-yilgi Afrika Millatlar kubogi saralashi |
5 | 15.12.1995 | Stade El Menzah, Tunis, Tunis | Gvineya | 3-1 | 4-1 | Doʻstona |
6 | 2.01.1996 | Stade El Menzah, Tunis, Tunis | Gvineya | 1-0 | 3-0 | Doʻstona |
7 | 4.01.1996 | Princess Magogo Stadium, Durban, Janubiy Afrika | Angola | 3-0 | 5-1 | Doʻstona |
8 | 28.01.1996 | Free State Stadium, Bloemfontein, Janubiy Afrika | Gabon | 1-0 | 1-1 | 1996-yilgi Afrika Millatlar Kubogi |
9 | 31.01.1996 | Kings Park Stadium, Durban, Janubiy Afrika | Zambia | 2-0 | 4-2 | 1996-yilgi Afrika Millatlar Kubogi |
10 | 12.01.1997 | Stade El Menzah, Tunis, Tunis | Misr | 1-0 | 1-0 | 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
11 | 17.08.1997 | Stade El Menzah, Tunis, Tunis | Namibiya | 1-0 | 4-0 | 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
12 | 3-0 | |||||
13 | 27.02.1999 | Stade El Menzah, Tunis, Tunis | Uganda | 4-0 | 6-0 | 2000 Afrika Millatlar Kubogi saralashi |
14 | 6.06.1999 | Stade El Menzah, Tunis, Tunis | Jazoir | 2-0 | 2-0 | 2000 Afrika Millatlar Kubogi saralashi |
15 | 8.07.2000 | Stade El Menzah, Tunis, Tunis | Madagaskar | 1-0 | 1-0 | 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
16 | 25.02.2001 | Stade El Menzah, Tunis, Tunis | Kongo DR | 5-0 | 6-0 | 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
17 | 9.05.2001 | Stade El Menzah, Tunis, Tunis | Liberiya | 3-0 | 7-0 | Doʻstona |
18 | 7-0 | |||||
19 | 1.07.2001 | Stade El Menzah, Tunis, Tunis | Kongo Respublikasi | 3-0 | 6-0 | 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
20 | 5-0 | |||||
21 | 15.07.2001 | Stade des Martyrs, Kinshasa, Kongo DR | Kongo DR | 2-0 | 3-0 | 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
22 | 3-0 | |||||
23 | 20.03.2002 | Ullevaal Stadion, Oslo, Norvegiya | Norvegiya | 1 — 1 | 1-2 | Doʻstona |
24 | 30.04.2002 | Stade El Menzah, Tunis, Tunisia | Malta | 2-1 | 2-1 | Doʻstona |
25 | 25.05.2002 | Mohammed Al-Hamad Stadium, Al-Quvayt, Quvayt | Quvayt | 1-0 | 3-1 | Doʻstona |
26 | 2-0 | |||||
27 | 3-1 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Zoubeir Baya Biography and Statistics“. Sports Reference. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2009-yil.
- ↑ „ZOUBAIER BEN M.A. BAYA“. TFF. Qaraldi: 8-iyul 2009-yil.