Kontent qismiga oʻtish

Zayn Malik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zayn Malik
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Zayn Malik
12-yanvar 1993-yil (1993-01-12) (31 yosh)[1]
Bradford, Angliya
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik[2]
Kasbi Qoʻshiqchi
Turmush oʻrtogʻi Gigi Hadid
Guruh One Direction (2010-2015-yillar)
Bolalari 1
Janr
Faoliyat yillari 2010-hozirgacha
Veb-sayt inzayn.com

Zain Javadd Malik (/ˈmælɪk/ MAL-ik; 1993-yil 12-yanvarda tugʻilgan) – Zayn Malik yoki oddiygina Zayn nomlari bilan tanilgan britaniyalik qoʻshiqchi. U 2010-yilda Britaniyadagi The X Factor televizion shousida yakkaxon ishtirokchi sifatida qatnashadi va muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Keyinchalik hakamlar tavsiyasiga koʻra beshta yigitdan iborat One Direction guruhini tuzishadi va oʻsha davrlarning disklari sotuvlari boʻyicha eng muvaffaqiyatli guruhlaridan biriga aylanishadi. U 2015-yilning mart oyida guruhni tark etdi va RCA Records studiyasi bilan shartnoma imzoladi.

Zaynning R&B uslubida yaratilgan dastlabki solo albomi Mind of Mine va uning Pillowtalk nomli singli koʻplab chartlarda yuqori natijalar qayd etadi. Jumladan AQSh va Buyuk Britaniya chartlarida albom ham trek ham bir vaqtning oʻzida birinchi oʻrinni egallagan. Keyinchalik chiqarilgan I Don't Wanna Live Forever hamda Sia va Taylor Swift bilan birgalikda aytgan Dusk Till Dawn treki ham xalqaro maydonda koʻplab muvaffaqiyatlarga erishgan. Uning ikkinchi studiya albomi Icarus Falls 2018-yilda chiqarilgan boʻlsa hozircha soʻnggi boʻlib turgan Nobody Is Listening albomi 2021-yilda taqdim etilgan.

Malik American Music Awards va MTV Video Music Awards kabi bir qator mukofotlar sohibi boʻlgan. U Billboard Music Award mukofotida New Artist of the Year nomitatsiyasida ikki marotaba gʻolib boʻlgan tarixdagi yagon inson. U bu sovrinni 2013-yilda One Direction guruhi va 2017-yilda solo ravishda qoʻlga kiritgan.

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zain Javadd Malik 1993-yilning 12-yanvarida Angliyanining Bradford shahrida tugʻilgan[5][6][7]. Otasi Yaser Malik pokistonlik musilmon immigrant, onasi Trisha Malik esa ingliz va irland irqiga mansub boʻlgan va turmush qurganidan soʻng islom dinini qabul qilgan[8][9][10]. Oilada toʻrt nafar farzand boʻlib Malikning Doniya ismli opasi va Waliyha hamda Safaa ismli singillari boʻlgan[11].

Malik Bradfordning East Bouling shaharchasida ishchilar oilasida oʻsgan[9][12]. U Bradforddagi Lower Fields boshlangʻich maktabi va Tong oʻrta maktabida (hozirgi Tong Leadership Academy) oʻqigan[13]. Oʻsmirlik vaqtlarida musiqa kurlriga bora boshlagan va maktabning turli dasturlarida koʻrinish bergan[14]. U asosan otasi bilan birgalikda R&B, hip hop, va reggae janridagi qoʻshiqlarni eshitardi[12]. Maktabdaligi vaqtida koʻplab raplar yozar va uni sahnalarda ijro etardi. U birinchi marta Jay Sean uning maktabiga tashrif buyurgan vaqtida kuylagan[15][16][17]. U 15 yoshidan 17 yoshigacha boks sport turi bilan ham shugʻullanadi[18]. Musiqiy karyerasini boshlashidan avval Zayn ingliz tili oʻqituvchisi boʻlishni orzu qilgan[19].

2010-2015-yillar: The X Factor va One Direction

[tahrir | manbasini tahrirlash]
One Direction muhlislari qarshisida, Stockholm 2012-yil

2010-yilda 17 yoshli Malik Manchesterda The X Factor shousining yettinchi mavsumida ishtirok etadi. Saralash kuni ertalab Malik asabiy holatda boʻladi va ishtirok etishni xohlamaydi, lekin onasi oxir-oqibat uni tanlovga borishga koʻndirdi[20][21]. U dastlabki bosqichda Marioning Let Me Love You qoʻshigʻini kuyladi va keyingi bosqichga yoʻl oldi[22][23]. Finaldan avvalgi bosqichda ishtirokini yakunlagan boʻlishiga qaramasdan, keyinchalik hakamlar Nicole Scherzinger va Simon Cowell taklifi bilan Harry Styles, Niall Horan, Liam Payne, Louis Tomlinson va Zayn birlashtirilib yangi One Direction nomi ostida guruh tuziladi[24][25]. Guruh tez orada Buyuk Britaniya boʻylab mashhurlikka erishdi. The X Factor shousining guruhlar yoʻnalishini uchinchi oʻrinda yakunlagan holda hakam Cowell taklifga koʻra Syco Records studiyasi bilan 2 million funt sterlinglik shartnoma imzoladi[26]. Keyinchalik Shimoliy Amerikada Columbia Records bilan ham kelishuvga erishdilar[27].


One Direction haqidagi dastlabki kitob 2011-yilning fevral oyida HarperCollins nashri tomonidan „One Direction: Forever Young (Our Official X Factor Story)“ nomi ostida chop etiladi va keyinchalik The Sunday Timesning bestsellerlari roʻyxatiga kiritiladi[28][29]. Shu oyda yigitlar va The X Factor shousining boshqa ishtirokchilari bilan birgalikda The X Factor Live Tourida ishtirok etdilar. Tur davomida guruhning konsertlariga Buyuk Britaniyalik 500 mingdan ortiq tomoshabin tashrif buyurdi[30]. Guruhning Up All Night nomli debyut studiya albomi 2011-yil noyabr oyida Buyuk Britaniya va Irlandiyada chiqarilgan[31]. 2012-yil mart oyida xalqaro miqyosda taqdim etilgan albom koʻplab tijoriy muvaffaqiyatlarga erishdi, shu jumladan debyut albomi bilan AQSh chartlarida birnchi oʻrinni egallagan dastlabki britan guruhiga aylanishgan. Albom 16 mamlakat chartlarida birinchi oʻrinni egalladi. Guruhning debyut singli What Makes You Beautiful Britaniya chartlarida birinchi, AQShda esa toʻrtinchi oʻrinni egalladi[32]. Keyinchalik trek Amerikada toʻrt, Avstraliyada esa olti karrali sertifikatlarni qoʻlga kiritdi. Albomdan joy olgan Gotta Be You va One Thing singllari ham UK Singles chartning kuchli oʻntaligidan joy oldi. Albom chiqarilishi bilan guruh Buyuk Britaniya uchun belgilangan tur sanalarini eʼlon qildi. Talab yuqoriligi sabab gastrollar AQSh va Avstraliyada ham oʻtkazilishi belgilandi. Tur haqidagi Up All Night: The Live Tour nomli video albom 2012-yilning may oyida taqdim etildi. Xuddi shu oyda One Directionning Amerikadagi dastlabki litsenziyalangan kitobi Dare to Dream: Life as One Direction ham namoyish qilindi. Biroz vaqt oʻtgach esa u The New York Times nashrining bestsellerlari qatoridan joy oldi[33].


Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Malik ingliz va urdu tillarida gaplasha oladi. Undan tashqari arab tilida ham oʻqishni oʻrgangan[34].

Malik One Direction aʼzosi boʻlganida ovqatlanishidagi taribning yoʻqligi, ortiqcha ish yuklamasi va bosim ostida boʻlganligini ochiqchasiga maʼlum qiladi[35]. U bundan tashqari solo holatda ishlashidan oldin unda kuchli xavotir va oʻziga boʻlgan ishonchsizlik boʻlganligi haqida ham aytib oʻtadi[36][37][38].

Uning hozirda Manhattan shtatining SoHo shahrida uyi mavjud[39]. Undan avval esa Los-Anjeles va London shahrlarida uylari boʻlgan va ularni 2018-yilda sotib yuborgan[40].

U bir necha musulmonlarga qarshi qaratilgan harakatlarning nishoniga ham aylanadi[41][42][43][44]. Keyinchalik 2018-yilda British Voguega bergan intevyusida u boshqa islom diniga eʼtiqod qilmasligini maʼlum qilgan[45][46].

Ishqiy munosabatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Malik 2011-yil dekabrda Little Mix guruhining aʼzosi Perrie Edwards bilan munosabat qurishadi[47]. 2011-yil avgust oyida turmush qurgan juftlik 2015-yil avgust oyida ajrashishadi[48].

Diskgrafiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „ONE DIRECTION STAR Liam Pain Celebrates 21st Birthday in Chicago“. CBS News Chicago (2014-yil 29-avgust). Qaraldi: 27 iyun, 2022.
  2. (unspecified title)
  3. Hawgood, Alex „Zayn Malik's Safe Space“. L'Officiel USA.
  4. „Zayn Biography, Songs, & Albums“. AllMusic.
  5. „Zayn Malik Opens Up About His Experiences Of Racism“. HuffPost UK (2016-yil 3-noyabr).
  6. „ZAYN“. RCA Records UK.
  7. „Zayn Malik Biography“. Biography.com (FYI / A&E Networks). — „Full Name: Zain Javadd Malik“. 2013-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-aprel.
  8. „Zayn: The Vogue Interview“. British Vogue (2018-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 25-iyul.
  9. 9,0 9,1 Mahmood, Shabnam „Mum Direction: Zayn Malik's mother on raising a pop star“. BBC News (2013-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 5-aprel.
  10. „Zayn Malik buys Bradford box for underprivileged kids“. business-standard.com. Press Trust of India (2016-yil 2-aprel).
  11. „Who Are Zayn Malik's Sisters? They're Big One Direction Fans, But Their Bro Is Not Necessarily Their Favorite Member“. Bustle.com (2015-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
  12. 12,0 12,1 Cooper, Duncan. „Zayn Malik's Next Direction“. The Fader (2015-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
  13. Ben Barnett.. „Classmates seek support for East Bowling One Direction star Zayn Malik“. Bradford Telegraph & Argus. Newsquest Media Group (2010-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 26-mart.
  14. „Zayn Malik's Two Arabic Chest Tattoos“. Pop Tats (2012-yil 24-aprel). 2015-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-mart.
  15. „Zayn (2016 Cover Story)“. Complex. Qaraldi: 2016-yil 21-mart.
  16. „How Jay Sean Inspired One Direction's Zayn“. Fuse.tv.
  17. „How Jay Sean Inspired One Direction's Zayn“. Fuse.tv.
  18. „One Direction's Zayn Malik: 'I want to become a boxer'“. DigitalSpy.com (2013-yil 3-aprel).
  19. „Zayn Malik wants to study English“. Business Standard (2013-yil 20-avgust).
  20. „How Zayn Malik Went from 'X Factor' to 'Mind of Mine'. Rolling Stone. 23 March 2016.
  21. Mahmood, Shabnam. „Mum Direction: Parenting a superstar“. BBC News (2013-yil 19-dekabr).
  22. „The Changing Face of Zayn Malik: From Shy X Factor Hopeful To Brooding Hunk“. Entertainment Wise (2014-yil 26-fevral). 2015-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-aprel.
  23. „Zayn Malik leaves One Direction: his 15 best moments“. Hello (2015-yil 25-mart). Qaraldi: 2015-yil 25-mart.
  24. „East Bowling teenager Zain Malik makes it to finals, but Bradford girl band Husstle bow out“. Telegraph & Argus (2010-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 25-mart.
  25. „One Direction? The highs and lows of Zayn Malik's life so far“. BBC Newsbeat (2015-yil 20-mart). Qaraldi: 2015-yil 25-mart.
  26. Nissim, Mayer. „One Direction 'get £2m Syco investment'“. Digital Spy. Hearst (2011-yil 28-yanvar). 2011-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-oktyabr.
  27. James C. McKinley Jr.. „Boy Bands Are Back, Wholesome or Sexy“. The New York Times (2012-yil 23-mart). Qaraldi: 2012-yil 3-oktyabr.
  28. Fletcher, Alex „One Direction release autobiography“. Digital Spy. Hearst (2011-yil 17-fevral). 2011-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-yanvar.
  29. „One Direction book number one on Sunday Times bestsetller list“. Sugarscape. Hachette Filipacchi Médias (2011-yil 5-aprel). Qaraldi: 2012-yil 27-iyul.
  30. „Tickets for One Direction at HMV Apollo Hammersmith, London, now available from hmvtickets.com“. HMV. 2012-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-may.
  31. „One Direction Debut at #1, Make Album Chart History“ (2012-yil 21-mart).[sayt ishlamaydi]
  32. „One Direction Reveal North American Tour Dates“ (2012-yil 21-mart). 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-iyul.
  33. Cowles, Gregory. „Best Sellers“. The New York Times (2012-yil 10-iyun). Qaraldi: 2012-yil 24-avgust.
  34. @zaynmalik. „@thefamousheart I can read arabic however I speak urdu and can't understand a word u just sed“ (2011-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 14-sentyabr.
  35. „Zayn Malik reveals he had eating disorder while in One Direction“. BBC News (2016-yil noyabr).
  36. „Zayn Malik beats his anxiety and eating disorder thanks to relaxing at home“. BBC News (2017-yil 20-mart).
  37. „Zayn Malik cancels gig amid the 'worst anxiety of my career'“. TheGuardian.com (2016-yil 13-iyun).
  38. „Zayn Malik cancels second show in three months due to 'extreme' anxiety“. Independent.co.uk (2016-yil 6-sentyabr). 2022-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  39. Battan, Carrie „How Do You Explain Zayn?“. GQ (2018-yil 18-iyun).
  40. „Zayn Malik selling London and LA homes to move closer to Gigi Hadid“ (2018-yil 24-oktyabr).
  41. Cooper, Duncan. „Zayn Malik's Next Direction“. The Fader (2015-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
  42. „One Direction's Zayn Malik victim of religious attack“. Yahoo! Celebrity (2012-yil 20-iyun). 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-fevral.
  43. „Zayn Malik's sister defends the One Direction star after he's attacked on Twitter for having tattoos and touring during Ramadan“. Now Magazine. Qaraldi: 2014-yil 10-fevral.
  44. „Zayn Malik on girlfriend Gigi Hadid and why you can't f*** with Versace“. Evening Standard. Qaraldi: 2017-yil 12-sentyabr.
  45. „Zayn: The Vogue Interview“. British Vogue (2018-yil 13-noyabr).
  46. „Zayn Malik reveals he's not Muslim any more, leaves fans in shock“. The News International (2018-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 13-noyabr.
  47. Saad, Nardine „One Direction's Zayn Malik is engaged to Perrie Edwards“. Los Angeles Times (2013-yil 21-avgust). Qaraldi: 2020-yil 14-avgust.
  48. Jones, Nate „Zayn and Perrie End Their Engagement“. Vulture (2015-yil 4-avgust). Qaraldi: 2020-yil 14-avgust.