Kontent qismiga oʻtish

Yevgenika

Vikipediya, erkin ensiklopediya
"Yevgenika daraxti"

Yevgenika (yun. ευγενες, eidepek — yaxshi zurriyot) — odam salomatligi irsiyati va uni yaxshilash toʻgʻrisidagi taʼlimot. Yevgenikaning tamoyillari birinchi marta 1869-yil ingliz paleontologi F. Galton tomonidan ishlab chiqilgan. U kelgusi avlod irsiy xususiyatlari (salomatligi, aqli, qobiliyati, iqtidori) ning yaxshilanishiga taʼsir etishni oʻrganishni taklif etgan. Yevgenikaga qiziqish ayniqsa 20-asrning 1-choragida genetikaning jadal surʼatlar bilan rivojlanishi hamda odam belgilarining irsiylanishi toʻgʻrisida koʻplab dalillar toʻplanib borishi bilan oshib ketdi. Ilgʻor olimlar (F. Galton, G Meller, N. K. Kolsov) Yevgenika oldiga insonparvarlik vazifasini qoʻyishgan edi. Lekin Yevgenika gʻoyalaridan koʻpincha irqchilikni oqlash (mas, fashizm irqchilik gʻoyasi) maqsadlarida foydalanilganligi tufayli ilmiy gʻoya va tushuncha sifatida Yevgenikaning obroʻsi tushib ketdi. Hozir Yevgenikaning koʻpgina muammolari, ayniqsa insonning irsiy kasalliklariga qarshi kurash masalalari odam genetikasi, jumladan, tibbiy genetika doirasida oʻrganiladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil