Kontent qismiga oʻtish

Xalqobod (Kegeyli tumani)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalqobod – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumanidagi shahar (1986-yildan). Respublikaning shimolida yaqin temir yoʻl stansiyasi – Kegeyli (3 km). Aholisi 11,7 ming kishiga yaqin (2004). X. 1830-yilda Kumoʻzak arigʻi boʻyidagi Bagʻanali qumi yonida vujudga kelgan. 1830-1873 yillarda qalʼa (hozirgi kungacha saqlangan) yonida qoʻrgʻon qurilib, unda madrasa, qozixona, kutubxona, hammom va boshqa boʻlgan. 1916-yilda mahalliy aholi va turkmanlar orasidagi doʻstlik ramzi sifatida qalʼa Xalqobod deb nomlangan.

Xalqobodda 1965-yilda paxta tozalash zavodi, avtokorxona, 1967-yilda koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna, 1970-yilda ixtisoslashtirilgan mexanizatsiyalashgan kolonna ishga tushirildi. Shuningdek, hammom, tikuvchilik sexi, aloqa boʻlimi va boshqalar qurildi. Shaharda „Xalqobod momigʻi“, „Xalqobod“ avtotransport korxonalari, „Agroqurilish“ va „Suv qurilish“, Kegeyli qurilishsozlash boshqarmasi, dehqon bozori, „Xalqobodmatlubot“ shoʻba korxonasi, tikuvchilik sexi, Oʻzbekiston Rossiya „Qarroqishloqmash“ qoʻshma korxonasi, 14 ta xususiy firma, 40 nafar yakka tadbirkor faoliyat koʻrsatmoqda. 3 umumiy taʼlim maktabi, sanoattransport kasb-hunar kolleji, maktab-bogʻcha majmuasi, sport majmuasi, qishloq kasalxonasi mavjud.