Kontent qismiga oʻtish

Variator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Variator (lot. vario — uzgartiraman) — yuritma (harakatlantirgich) bilan ish bajaruvchi mexanizm orasidagi uzatish nisbatini bir tekis oʻzgartiradigan qurilma. Pogʻonasiz uzatma V.ning asosiy qismi hisoblanadi. Turli sharoitlarda mashina va mexanizmlarning maqbul (optimal) tezliklarda ishlashini taʼminlaydi. Mas., metropoliten eskalatorlarida V. yordamida dasta bilan zinalarning harakat tezliklari baravarlashtiriladi (eskalatorda ketayotganingizda qoʻlingizni dastaga qoʻyib tursangiz, dasta zinalarga nisbatan tezroq surilayotganligini sezasiz. Bu hol V.ning yaxshi ishlamayotganligini bildiradi). V.ning mexanik sirti ikkinchisining yon tomoniga tegib harakat qiladigan ikkita diyekdan iborat friksion uzatmadir. Yetaklanuvchi (vertikal) valning harakatini oʻzgartirish uchun birinchi disk oʻz oʻqida suriladi. V. mashina, mexanizmlarda, kimyo, toʻqimachilik sanoati va transportda ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil