Kontent qismiga oʻtish

Vakuum nasosi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vakuum nasosi - vakuum hosil qilish va uni tutib turish maqsadida berk hajm (idish)dan gaz (havo) yoki bugʻni soʻrib oladigan qurilma. Gaz (havo)ni tashqariga chiqarib tashlaydigan oqimli hamda gaz (havo)ni yutadigan sorbsion xillari boʻladi. Oqma V.n. oʻz navbatida mexanik va oqimli xillarga boʻlinadi. Mexanik V.n.ga plastinka-rotorli, plastinka-statorli, zolotnikli, moyli forvakuumlar va molekulyar V.n. kiradi. Moyli forvakuumlar yordamida gaz (havo) qisiladi va atmosferaga chiqarib yuboriladi. Molekulyar V.n.da. gaz molekulalariga harakat yoʻnalishida qoʻshimcha tezlik beriladi. Oqimli V.n.da gaz (havo) suyuqlik, gaz yoki bugʻ oqimi taʼsirida chiqib ketadi. Sorbsion V.n. kriogen (past temperaturali) seolitli, sublimatsion (qarang Sublimatsiya) va ionli V.n.ga boʻlinadi. Kriogen V.n.da juda past temperaturagacha sovitilgan gaz sirtda toʻplanadi. Seolitli V.n.da gaz molekulalari sovitilganda seolitga yutiladi. Sublimatsion V.n.da gaz (changlangan) metall (mas., titan) plyonkala-ri qoplangan sirtlarga yutiladi. Ionli V.n.ning ishi gazni kuchli elektr razryadi bilan ionlash va ionlashgan molekulalarning titan qoplangan sirtga yutilishiga asoslangan. V.n. metallurgiya, energetika, elektronika, kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil