Kontent qismiga oʻtish

Vagitan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qadimgi Rimda Vagit (yoki Vatikan) yangi tugʻilgan chaqaloqning ogʻzini ochgan Xudo deb hisoblandi, shunda uning ismining birinchi boʻgʻinini va ni baqirishi uchun

Vagitan (Vagitanus) — qadimgi rimliklar inonchi boʻyicha, yangi tugʻilgan chaqaloq birinchi yigʻlaganida uning yonida turadigan xudo. U yigʻlayotgan chaqaloq sifatida tasvirlangan[1]. Uning nomi lotinchadan tarjima qilinganida „yangi tugʻilgan chaqaloq faryodi“ maʼnosini bildiradi[2]. Yakob Gronoviusning taʼkidlashicha, xudo nomlanishi va „yangi tugʻilgan chaqaloq yigʻisi“ iborasi oʻrtasida etimologik bogʻliqlik borligiga qaramay, ismning toʻgʻri shakli Vagitan emas, (lotincha: Vagitanus) balki Vatikan (lotincha: Vaticanus) boʻlishi kerak. Chunki, „Vagitan“ imlosi klassik lotin tili emas, mahalliy, yaʼni lotin shevasida yozilgan shaklidir[3]. Odamlar, Vagitan yangi tugʻilgan chaqaloq uning ismining birinchi boʻgʻinini talaffuz etishi uchun chaqaloqning ogʻzini ochgan deb ishonishgan. Shunday qilib, Vagitan inson tugʻilganida unga nutq ato qilgan xudo sifatida tasvirlangan, ammo boshqa xudolarga xos boʻlgan birinchi qichqiriq va nutqning birinchi boʻgʻini oʻrtasini farqlash kerak[4][5] boʻladi.

  • Vagitan // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona: v 86 t. (82 t. i 4 dop.). — SPb., 1890—1907.