Tyulenlar
Tyulenlar, quloqli tyulenlar, haqiqiy tyulenlar (Phocidae) — kurakoyoqlilar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Haqiqiy T.da quloq suprasi boʻlmaydi. Oyoklari nisbatan kalta, quruqlikda harakatlanishda ishtirok etmaydi. Junlari dagʻal, tivitsiz. T. 13 urugʻ [yoʻlyoʻl T., Grenlandiya T.i, dengiz quyonlari (gʻar bir urugʻda bittadan tur), nerpalar, dengiz monaxlari, dengiz fillari] va 18 turni oʻz ichiga oladi. Subtropikdan shimolgacha boʻlgan barcha dengizlarda hamda Antarktikada tarqalgan. Monax T. tropik dengizlarda uchraydi. Asosan, qirgʻoqqa yaqin yashaydi. Ayrim turlari ichki suv havzalarida tarqalgan. Koʻpchilik turlari migratsiya qiladi. Ayrim turlari ovlanadi. Oddiy tyulenning uz. 1,6—1,8 m, vazni 80–100 kg; Uzok, Sharq kenja turining bolasi uzun va mayin oq yungli. Boshqa kenja turlari tugʻilgan bolasining yungi qora. Voyaga yetgan T. yungi krramtir-kulrang dogʻli. Atlantika va Tinch okean havzasida tarkalgan. Muz ustida va sohilda bolalaydi. Asosan, baliqdar bilan oziqlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |