Kontent qismiga oʻtish

Sulaymon togʻlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sulaymon togʻlari - Eron togʻ ligining sharqiy chekkasidagi togʻlar, Pokiston, qisman Afgʻoniston hududida. Uzunligi qariyb 600 km, eni 300 km. Eng baland joyi 3441 m. Sulaymon togʻlari keng yassitogʻliklar bilan ajralgan va submeridional joylashgan bir necha parallel tizmalardan iborat. Tizmalar orasida koʻndalang daryo va vodiylar bor. Togʻlar Hind daryosi vodiysiga tomon tik tushgan. Asosan, ohaktosh va qumtoshlardan tuzilgan. Zilzilalar boʻlib turadi. Iqlimi quruq, subtropik ikdim. Landshafti, asosan, quruq dasht va togʻ choʻlidan iborat. Sharqiy yon bagʻirlarida siyrak daraxtli oʻrmon va butazorlar bor. Vodiylarda dehqonchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullaniladi.