Strasbourg universiteti
Asos solingan sanasi | 1621-yil |
---|
Strasburg universiteti - Fransiyadagi qad. universitetlardan biri. 1621-yil asos solingan. 1870—71 yilgi Fransiya — Prussiya urushida Fransiya magʻlubiyatga uchragach yopilgan va uning oʻrniga Kayzer Vilgelm universiteti tashkil etilgan. 1919-yil qayta tiklangan. 1935—45 yillarda KlermonFerran shahrida joylashgan va Fransiya Qarshilik koʻrsatish harakatining markazlaridan biri boʻlgan. 1947-yil Kdrshilik kursatish harakati medali bilan mukofotlangan. Su. tarkibida 3 universitet faoliyat koʻrsatadi. Tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, fiziologiya, biokimyo, botanika, zool., umumiy biologiya, geol., geofizika, tarix, filologiya, teologiya, huquq, iqtisodiy fanlar va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 30 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 3 mln.dan ortiq asar saqlanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |