Sobir Yunusov
Sobir Yunusov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
18-mart 1907-yil Toshkent |
Vafoti |
29-noyabr 1995-yil (88 yoshda) Toshkent |
Mukofotlari |
Sobir Yunusovich Yunusov (1907.18.3 Toshkent 1995.29.11) - kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1952). SSSR Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1958), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1959), kimyo fanlari doktori (1949), professor (1952). Mehnat Qahramoni (1969). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1935). Urush qatnashchisi (1941—43). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo instituti alkaloidlar kimyosi laboratoriya mudiri (1943—87), ayni vaqtda institut direktori (1949—52), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitseprezidenti (1952—62). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti tashkilotchisi va direktori (1958—83), ilmiy konsultant (1983—86), faxriy direktori (1987-95), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi kimyo-texnologiya boʻlimi raisi (1986—87). Ilmiy ishlari tetragidroizoxinolin va fenantridin alkaloidlarini tadqiq qilish, yangi alkaloidlar tuzilishini aniqlash, ulardan amaliyotda foydalanish, oʻsimliklarda alkaloidlar hosil boʻlish mexanizmini, ularning oʻsish maydonlariga qarab yigʻilishi va toʻplanishi dinamikasini oʻrganishga oid.
YU. — Oʻzbekistonda alkaloidlar kimyosi maktabining asoschisi. Uning rahbarligida 4 mingdan ortiq oʻsimlik tadqiq qilinib, ularning yarmidan koʻprogʻida alkaloidlar mavjudligi aniqlandi, 1000 dan ortiq alkaloidlar ajratib olindi, sitizan, galantamin, papaverin, protopin kabi muhim alkaloidlarning 100 dan ortiq manbai topildi. Tibbiyot uchun amaliy ahamiyatga ega 20 ga yaqin birikma amaliyotga tavsiya etildi.
Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967). Vafotidan soʻng "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2002). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi institutiga uning nomi berilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Alkaloida, T., 1981.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- 18-martda tugʻilganlar
- 1907-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- 29-noyabrda vafot etganlar
- 1995-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureatlari
- Olimlar haqidagi chala maqolalar
- Kimyogarlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari
- Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi akademiklari
- Oʻzbekiston olimlari
- Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari