Kontent qismiga oʻtish

Skalpel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Skalpel (lotincha: scalpellum – „pichoqcha“) – jarrohlik amaliyotida toʻqima va aʼzolarni kesishda ishlatiladigan kichikroq maxsus metall pichoqcha. Uzunligi 12—15 sm, kesadigan qismi kalta va dastasi uzunroq boʻladi. Skalpel kesuvchi yuzaning tuzilishiga qarab yassi qorinchali skalpel, koʻz skalpeli, oʻtkir uchli skalpel, toʻgʻri skalpel, stomatologik skalpel farq qilinadi. Hozirgi lazer va ultratovush skalpellari hamda „elektaskalpellar“ mavjud. Skalpel oʻtkir, ushlashga qulay, oson tozalanadigan va sterillanadigan boʻlishi kerak.

Ksalpelning oʻtkir qismi yaʼni pichoqlari odatda qattiqlashgan, zanglamaydigan yoki karbonli poʻlatdan ishlanadi. Shu bilan birga olmos, titanium, keramikadan yasalgan turlari ham bor. Tarixiy manbalarga koʻra pichoqlar uchun eng yaxshi material kumush hisoblangan. Skalpel pichoqlarining chetki qirralariga alohida ruh nitrid bilan ishlov beriladi. Baʼzan kesish vaqtida yaxshi moylanishi uchun pichoq qirrasi polimer bilan qoplab ishlab chiqariladi.

Skalpel bir martalik boʻlishi yoki qayta ishlatishga moʻljallangan boʻlishi ham mumkin. Qayta ishlatishga moʻljallangan skalpellarda qopqoqsimon yuzasi boʻlishi, ishlatilgandan keyin biriktirilib qoʻyilishi yoki oʻtkirlab turishga moʻljallangan boʻlishi mumkin. Bir marta ishlatiladigan skalpellarda qopqoq yuzasi plastik materialdan qilinadi va bir martadan keyin tashlab yuboriladi. Odatda bunday skalpellar steril qoplamlarda qadoqlanib chiqariladi.

Ilk skalpellar haqida maʼlumotlar qadimgi yunonlarning birinchi tibbiy yozuvlarida miloddan avvalgi 500-yillarda paydo boʻlgan[1].

  1. Ochsner J (2009) „. "Surgical Knife"“.