Kontent qismiga oʻtish

Simpatik nerv sistemasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vegetativ nerv sistemasi:
Simpatik nerv sistemasi (qizil) va Parasimpatik nerv sistemasi (ko'k)

Simpatik nerv sistemasi (grekcha: συμπαθής - sympathia — sezuvchan, taʼsirga beriluvchan) — odam va umurtqali hayvonlar vegetativ nerv sistemasining bir qismi. Parasimpatik nerv sistemasi bilan birga ichki aʼzolar faoliyatini boshqaradi. Simpatik nerv sistemasi organizmda talaygina funksiyalarni boshqaradi; uning tolalari bo’ylab modda almashinuvini kuchaytiradigan, yurak urishini tezlashtiradigan, qon tomirlarni toraytiradigan, ko’z qorachig’ini kengaytiradigan va boshqa impulslar o’tadi.