Kontent qismiga oʻtish

Shali

Koordinatalari: 43°9′0″N 45°54′0″E / 43.15000°N 45.90000°E / 43.15000; 45.90000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shali

Shahar
Skyline of Shali
43°9′0″N 45°54′0″E / 43.15000°N 45.90000°E / 43.15000; 45.90000
Mamlakat Rossiya
Respublika Checheniston
Hukumat
 • mer Saidov Ali Abubakarovich
Maydon 2,702[1] km2 (1,043 kv mi)
Markazi balandligi 220 m
Iqlim turi moʻtadil
Rasmiy til(lar)i chechen, rus
Milliy tarkib chechen, rus
Konfessiyaviy tarkib musulmon sunniylar, pravoslavlar
Etnoxoronim shaliliklar
Telefon kodi 87146
Pochta indeks(lar)i 366300
Shali xaritada
Shali
Shali
Shali xaritada
Shali
Shali

Shali (chechencha: Шела – „samolyot“[2]) – Rossiya Federatsiyasining Checheniston Respublikasidagi shahar. Shali tumanining maʼmuriy markazi.

Tarkibidagi yagona aholi punkti sifatida „Shali shahar posyolkasi“ munitsipalitetidir.

Shali tumani xaritasida Shali shahar posyolkasi

Shahar Bassning ikkala qirgʻogʻida, Shali tumanining markaziy qismida, Les tizmasi etagida, Chechen tekisliklarida joylashgan. Argun temir yoʻl stansiyasidan 18 km janubda va Grozniy shahridan 36 km janubi-sharqda joylashgan. Bu mintaqaviy avtomobil yoʻllarining tutashgan joyidir. Shali shahri hududidan Shela-Axki[3] (Shalinka) daryosi oqib oʻtadi.

Shaharning maydoni 27,02 km² (2009-yil holatiga koʻra).

Moʻtadil kontinental iqlim hukmron. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 450 mm.

1822-yil 11-fevralda Chechenistondagi qoʻzgʻolon paytida general Grekov boshchiligidagi rus qoʻshinlarining shiddatli hujumi natijasida qishloq butunlay vayron boʻlgan[4].

1837-yilda qishloq yana general-mayor K. K. Fezi boshliq rus qoʻshinlari tomonidan bosib olingan[5].

XIX asr oʻrtalarida Shali Katta Chechenistondagi eng yirik qishloqlardan biri edi. Ovul oʻzining strategik mavqei tufayli Kavkaz urushi paytida Shomil qoʻshinlari uchun yigʻilish nuqtasi boʻlgan.

1944-yilda chechenlar va ingushlar deportatsiya qilinib, Chechen-Ingush Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tugatilgandan soʻng, qishloq nomi Mejdurechye oʻlaroq oʻzgartirilgan.

RSFSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1957-yil 10-apreldagi farmoni bilan qishloq avvalgi nomiga qaytarildi. 1990-yilda qishloqqa shahar maqomi berilgan.

1994—1996-yillardagi harbiy harakatlar shahar va uning aholisiga juda katta zarar yetkazadi: yuzlab odamlar halok boʻldi, uylar, sanoat, transport, aloqa va agrosanoat kompleksi vayron boʻladi. Xususan, faqat birgina – 1995-yil 3-yanvardagi kassetali bombalarning portlashi paytida kamida 55 kishi halok boʻlgan.

Ikkinchi Chechen urushi paytida ham shahar shiddatli janglar joyi boʻlgan. 2000-yil yanvar oyida ayirmachilar va shaharning xayrixoh aholisi ishtirok etgan mitingda „Tochka U“ taktik raketasi otiladi va buning natijasida yuzlab odamlar halok boʻlgan. Bir necha kundan keyin shahar butunlay federal qoʻshinlar nazoratiga oʻtdi[6].

2000-yildan beri shahar faol rivojlanmoqda. Yangi turar-joy binolari, ijtimoiy, madaniy va sport inshootlari barpo etilmoqda.

2010-yildagi Butunrossiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra shahar aholisining milliy tarkibi[7] :

Millat Aholi soni Butun aholi sonidan egallagan ulushi
chechenlar 43 018 90,17%
ruslar 2578 5,40%
qoʻmiqlar 362 0,76%
avarlar 279 0,58%
qozoqlar 214 0,45%
tabasaranlar 202 0,42%
boshqa 1015 2,13%
ishora qilmagan 40 0,08%
Jami 47 708 100,00%
Muhammad (s.a.v) nomidagi masjid

Shahar markazida joylashgan – Yevropadagi eng katta masjid „Musulmonlar iftixori“ masjidi mavjud va ichida 30 ming kishigacha, atrofida esa 70 ming kishigacha musulmon ibodat qilishi mumkin. Masjid qurilishiga 2012-yildan start berildi. Tantanali ochilish 2019-yil 23-avgust kuni respublikaning birinchi prezidenti Axmat Hoji Qodirovning tugʻilgan kuniga toʻgʻri keldi. Ochilish marosimida masjidning nomi paygʻambar Muhammad (s.a.v) [8][9] sharafi bilan eʼlon qilindi.

Ommaviy axborot vositalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Zama“ („Vaqt“) – Shali tuman gazetasi.
  • STV-Shali telekanali.

„Chechavtotrans“ davlat unitar korxonasi tomonidan oltita shahar avtobus yoʻnalishi mavjud. Grozniy, Gudermes, Argun, Urus-Martan, Xasavyurt va Maxachqal’a shaharlariga avtobuslar muntazam ravishda shahar avtovokzalidan joʻnaydi.

„Vaynax“ futbol klubi mavjud.

Shahar sanʼatda

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ikkinchi Chechen urushi davridagi Shalidagi voqealar German Sadulayevning „Shalinskiy reyd“ romani mavzusiga aylangan.
  • Rassom A. I. Titovskiy 1964-yilda M. Lermontov Kavkazdaligidagi bagʻishlab bir qator suratlar seriyasini yaratadi. Masalan, „Checheno-Ingushetiya. Okraina sel. Shali“ asari ulardan biri hisoblanadi[10].

Qardosh shahar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Генеральный план Шалинского городского поселения. Схема административно-территориальных границ Шали масштаб 1:25000 (с портала „ФГИС ТП Министерства экономического развития РФ“ (ru) (deadlink). fgis.economy.gov.ru. 2016-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-fevral.)
  2. "Chechenskoe obshestvo segodnya" jurnal (5(21)/2008). Indarbi Mutushev
  3. „Шалинское городское поселение. Генеральный план.“ (ru). www.meriyashali.ru. Qaraldi: 2020-yil 4-oktyabr.
  4. Ибрагимов 2008.
  5. „Shali BRE“. 2022-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-oktyabr.
  6. „Атака на Аргун и Шали. Неизвестная битва чеченской войны Евгений Норин 8 июля 2018“ (ru). life.ru. Qaraldi: 2020-yil 4-oktyabr.
  7. „Том 4 книга 1 "Национальный состав и владение языками, гражданство"; таблица 1 "Национальный состав населения Чечни по городским округам, муниципальным районам, городским населённым пунктам, сельским населённым пунктам с численностью населения 3000 человек и более"“. 2015-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-yanvar.
  8. „Белый мрамор, много золота и ручная роспись: всё о новой крупнейшей мечети в Европе“. Телекомпания «НТВ» (2019-yil 23-avgust). Qaraldi: 2019-yil 23-avgust.
  9. „В чеченском Шали открыли крупнейшую в Европе мечеть. Ее должны были назвать в честь Рамзана Кадырова“. «Новая газета» (2019-yil 23-avgust). 2022-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-oktyabr.
  10. „Титовский А. И. Чечено-Ингушетия. Окраина сел. Шали“. 2019-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-oktyabr.