Sergey Gerasimov
Sergey Apollinariyevich Gerasimov (1906.21.5, Yekaterinburg - 1985.28.11, Moskva) — rus kino rejissyori, kino nazariyotchisi. Sanʼatshunoslik fanlari doktori. 1946-yildan kinematografiya institutining prof. (hoz. institut G. nomida) G. obrazlarni aniq va oʻtkir shtrixlarda gavdalantirish ustasi. Voqealarni real, ishonarli tasvirlashga intilish, qahramonning oʻziga xos xususiyatlarini, uning psixologik kechinmalarini teran ochib berishga qiziqish zamona-viy mavzuda yaratgan filmlarida oʻz aksini topdi. Filmlari: "Yetti botir", "Oʻqituvchi", "Maskarad", "Yosh gvardiya", "Tinch oqar Don", "Koʻl boʻyida", "Insonni sevmoq", "Pyotrning yoshligi", "Kizil va kora", "Ezgu ishlar boshida", "Lev Tolstoy" va b. G. rejissyor — ustoz sifatida aktyorlar bilan ishlashga, yoshlar dunyoqarashining badiiy tahliliga alohida eʼtibor qaratgan. rejissyor ayniqsa kinoroman shakllariga suyanib ijod qilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |