Kontent qismiga oʻtish

Sebastián Piñera

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Migel Xuan Sebastian Pinera Echinik
Miguel Juan Sebastián Piñera Echenique
Chili 37-prezidenti
Mansab davri
2018-yil 11-martdan – 2022-yil 11-martgacha
Oʻtmishdoshi Michelle Bachelet
Vorisi Gabriel Boric
Mansab davri
2010-yil 11-martdan – 2014-yil 11-martgacha
Oʻtmishdoshi Michelle Bachelet
Vorisi Michelle Bachelet
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-dekabr 1949-yil
Santyago, Chili
Vafoti 6-fevral 2024-yil(2024-02-06)
(74 yoshda)
Ranko, Chili
Siyosiy partiyasi Chili Milliy tiklanish partiyasi
Mukofotlari Muqaddas Olaf ordeni katta xochi kavaleri

Miguel Juan Sebastián Piñera Echenique (1949-yil 1-dekabr — 2024-yil 6-fevral) – Chili davlat va siyosat arbobi[1], iqtisodchi, tadbirkor, milliarder. 2010-yil 11-martdan 2014-yil 11-martga qadar va yana 2018-2022-yillarda mamlakat prezidenti[2][3].

Xristian-demokrat siyosatchi va diplomatning oʻgʻli. Chili katolik universitetida biznes boshqaruvi va Garvard universitetida iqtisod boʻyicha tahsil olgan. Uning taxminiy boyligi milliard dollarga teng. Forbes maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda 2,8 milliard dollarga teng boylik bilan Chilidagi eng boy odamlardan biriga aylandi[4][5].

Liberal-konservativ Milliy yangilanish partiyasi aʼzosi. 1990-yildan 1998-yilgacha Sharqiy Santyago okrugi senatori boʻlib ishlagan, 2005-yilgi prezidentlik uchun saylovlarda Mishel Bacheletga yutqazgan. 2010-yilda muvaffaqiyat qozongan. Chilining 1958-yildan buyon demokratik yoʻl bilan saylangan birinchi konservativ prezidenti[6][7] boʻldi.

2019-yil oxirida boshlangan ijtimoiy tartibsizliklardan soʻng, Pineraning prezidentlik tamoyili boʻyicha boshqaruv qobiliyatining pasayishi, Chili de-fakto parlamentarizm holatida yoki parlamentar boʻlishi kerak degan daʼvolarga olib keldi[8][9][10][11].

Piñera Jose Piñera Karvallo va Magdalena Echenique Rozasning oltinchi farzandi. Uning ota-bobolari orasida onasining katta buvisi Luisa Pinto-Garmendiya, prezident Anibal Pinto Garmendiyaning singlisi va prezident Fransisko Antonio Pintoning qizi, Luisa Garmendiya Alurralde ham bor[12]. Dunyodagi eng qadimiy Rim-katolik yepiskopi Bernardino, uning jiyani boʻlib, 2020-yilda COVID-19 asoratlari tufayli vafot etgan[13][14].

Pineraning oilasi uning tugʻilganidan bir yil oʻtib Belgiyaga, keyinroq Nyu-York shahriga koʻchib oʻtdi. Otasi Chilining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi vakili boʻlgan. Piñera 1955-yilda Chiliga qaytib keldi va Colegio del Verbo Divinoga oʻqishga kirdi. 1967-yilda tugatdi[15].

Keyinroq, Piñera Chilidagi Papalik katolik universitetiga oʻqishga kirdi va 1971-yilda tijorat muhandisligi boʻyicha bakalavr darajasini oldi. Oʻqishni tugatgach, u har bir sinfdagi eng yaxshi oʻquvchiga beriladigan Raul Iver Oksli mukofotiga sazovor boʻldi[16].

Piñera iqtisod boʻyicha aspiranturani uchun qisman Fulbrayt dasturi boʻyicha Garvard universitetida davom etdi. Garvardda oʻqigan vaqtlarida Piñera va sinfdoshi „Journal of Economic History“ jurnalida „Qadimgi janubning qullarning mintaqalararo harakatidagi ulushi“ nomli maqola muallifi boʻlishdi[17]. Garvardda uch yil oʻtgach, Pinera ham sanʼat magistri, ham iqtisod fanlari doktori darajasini oldi[18].

Piñera 1971-yildan 1988-yilgacha Chili universiteti, Chili papa katolik universiteti va Adolfo Ibanez universitetida iqtisod boʻyicha oʻqituvchi boʻlgan. 1971-yilda Chili universiteti qoshidagi Iqtisodiyot fakultetida, 1972-yilda Valparaiso biznes maktabida iqtisodiy siyosat nazariyasi boʻlimiga rahbarlik qilgan[19].

1989-yilda Sesiliya Morel, Danica Radic va Paula Delano bilan birga Piñera „Tadbirkor ayollar“ jamgʻarmasini (Fundación Mujer Emprende) yaratdi, dastlab „Yoshlar uyi“ (La Casa de la Juventud) deb nomlangan. Jamgʻarma kam taʼminlangan yosh ayollarning rivojlanishiga yordam berishni maqsad qilgan[20].

1973-yilda Pinera „Fundación Futuro“ jamgʻarmasini yaratdi, uning prezidenti boʻldi va direktorlari Krishtian Boza, Mariya Tereza Chadvik, Hugo Montes, Sesiliya Morel, Renato Poblete, Fabio Valdes boʻlishdi. Jamgʻarmaning bosh direktori – Magdalena Pinyera hisoblanadi[21]. Jamgʻarmaning vazifasi Chilida adolat, erkinlik va demokratiyani rivojlantirishga yordam berishdir[22]. Pinyera prezident etib saylanganidan keyin fond Fundación Cultura y Sociedad deb oʻzgartirildi[23].

Fundación Cultura y Sociedad (sobiq Fundación Futuro) ostida Grupo Tantauco Xuan Karlos Urkidi tomonidan boshqariladi. U Pinera oʻz prezidentligi davrida kiritgan yoki kiritmoqchi boʻlgan takliflarni qoʻllab-quvvatlash uchun yaratilgan[24]. 2005-yilda Piñera mintaqaning 118000 gektar noyob ekotizimini himoya qilish maqsadida Chiloe orolining janubiy chekkasida sotib olingan va egalik qilgan 1180 km2 xususiy qoʻriqxona boʻlgan Tantauko bogʻini (ispancha: Parque Tantauco) yaratdi. Uning jamgʻarmasi jamoat uchun ochiq va ekoturistik joy boʻlgan bogʻni boshqaradi[25]. Piñera Chiloedagi 118 ming gektar maydonni Panamadagi ofshor kompaniyasi orqali sotib olgan. U sakkiz gektar maydonni Pinera sotib olishidan oldin boʻlgan va oʻz oilaviy yerlariga egalik huquqini olish uchun yillar davomida muzokaralar olib borgan oʻn olti mahalliy oilaga berdi[26][27].

Piñera Banco de Talca bosh direktori boʻlgan. 1982-yilda uni bank qonunchiligini buzganlikda ayblab hibsga olish uchun order chiqarilgan, bunda Chili Markaziy bankiga 38 million AQSh dollaridan ortiq pul toʻlanmagan[28]. Pinera 24 kun yashirinib yurgan. Keyinchalik Oliy sud tomonidan maʼqullangan „Xabeas korpus“ hujjati Pinerani oqladi[29].

  1. Piñera se compromete a no deshacer el legado de la Concertación chilena
  2. Vlast bogatix: politiki-milliarderi iz spiska Forbes
  3. „Eto ne grex i ne prestuplenie“, – Sebastyan Pinera, prezident Chili
  4. „Sebastian Piñera“ (en). Forbes. 2019-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-oktyabr.
  5. Araneda. „Ranking de multimillonarios Forbes: ¿Quiénes son los 11 chilenos que figuran en la lista 2018?“ (es). El Mercurio (2018-yil 6-mart). 2019-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-oktyabr.
  6. Covarrubias, Bárbara. „Piñera firma acta que lo proclama como Presidente de la República“ (es). El Mercurio (2010-yil 1-yanvar). 2019-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-oktyabr.
  7. Araneda, Juan-Carlos. „Hitos de la vida pública de Pinochet“ (es). El Mercurio (2002-yil 4-iyul). 2019-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-oktyabr.
  8. „Presidente de la Sofofa cree que existe un "parlamentarismo de facto" que está "causando estragos"“ (Spanish). El Mostrador (2020-yil 17-noyabr). 2020-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
  9. „Presidente del Senado: "Si Piñera quiere seguir debe aceptar un parlamentarismo de facto"“. Canal 13 (2020-yil 14-mart). 2020-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-yanvar.
  10. "Will Chile's Pension Withdrawals Cause Long-Term Pain?". The Dialogue. 17 December 2020. Archived from the original on 16 January 2021. https://web.archive.org/web/20210116172607/https://www.theregreview.org/2020/06/24/court-correa-chile-political-institutional-response-covid-19/. Qaraldi: 25 January 2021. Sebastián Piñera]]
  11. Court, Josefina; Correa, José Tomás (24 June 2020). "Chile's Political and Institutional Response to COVID-19". The Regulatory Review. Archived from the original on 16 January 2021. https://web.archive.org/web/20210116172607/https://www.theregreview.org/2020/06/24/court-correa-chile-political-institutional-response-covid-19/. Qaraldi: 25 January 2021. Sebastián Piñera]]
  12. Retamal Favereau, Julio; Celis Atria, Carlos; y Muñoz Correa, Juan Guillermo – "Familias Fundadoras de Chile, 1540-1600", Editorial Universitaria, Santiago, 1992. pg. 789
  13. Delgado. „Bernardino Piñera murió por neumonía por Covid-19, según certificado de defunción“ (es-CL). BioBioChile (2020-yil 21-iyun). 2020-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-iyun.
  14. „Monseñor Bernardino Piñera y la relación con su sobrino Presidente“. periodicoencuentro.cl. 2016-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-sentyabr.
  15. (ispancha) Universia Sebastián Piñera Perfil
  16. „Caminos cruzados“, El Mercurio (ispancha), 8 December 2015da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 18 January 2010.
  17. Kotlikoff, Laurence J.; Piñera, Sebastián (1977), „The Old South's Stake in the Inter-Regional Movement of Slaves, 1850–1860“, Journal of Economic History, 37 (2): 434–450, doi:10.1017/s002205070009700x, JSTOR 2118765
  18. Sandoval, Roberto Castillo (30 July 2009), „La tesis doctoral de Sebastián Piñera“, Noticias secretas (ispancha), 8 July 2011da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 20 December 2009
  19. „Sebastián Piñera Echeñique — Senador“, Reseñas parlamentarias — Biblioteca del Congreso Nacional de Chile (ispancha), 2020, 26 July 2007da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 21 December 2009
  20. (ispancha) Fundacion Mujer Emprende Quienes Somos (Wayback Machine saytida 2010-01-15 sanasida arxivlangan)
  21. „Magdalena Piñera, directora de la Fundación Futuro lanzó "Ojo con el Ejército de Chile" (Video)“. www.estrellaarica.cl. 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-dekabr.
  22. (ispancha) Fundanción Futuro Quienes Somos
  23. (ispancha) Terra Semana clave para fundación a la que Piñera traspasará propiedad de Chilevisión
  24. (ispancha) Piñera2010 Conoce las propuestas medioambientales del Grupo Tantauco Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.
  25. „Quiénes somos“ (es). www.parquetantauco.cl (2022-yil 29-iyul). 2024-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 7-fevral.
  26. „Mystical islanders divided over Chile's giant bridge project“. Reuters (2018-yil 1-mart). 2020-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-mart.
  27. „Familias que viven en Tantauco presionan a Piñera para que entregue hectáreas antes de las primarias“. El Mostrador (2017-yil 9-iyun). 2021-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-mart.
  28. „Infogate“. 2020-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-oktyabr.
  29. „lnd.cl“. 2011-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-aprel.