Schlemm kanali
Schlemm kanaliSchlemm kanali | |
---|---|
lotincha: sinus venosus sclerae | |
Sistema | Oftalmologiya |
Kataloglar | |
|
Schlemm kanali - skleral venoz sinus deb ham ataladi, koʻz ichidagi dumaloq limfatik tomirdir. U koʻz oldingi kamerasidan koʻz ichi suyuqligini toʻplaydi va uni episkleral qon tomirlariga yetkazib beradi.
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Schlemm kanallari endoteliy bilan qoplangan naysimon tuzilma boʻlib, limfa tomirlariga oʻxshaydi[1][2][3]. Kanalning ichki qismi koʻz ichi suyuqligiga eng yaqin qismda trabekulyar toʻr bilan qoplanadi va ushbu toʻr shaklida oldingi kameraga ochiladi[4]. Bu koʻz ichi suyuqligini teskari harakatiga toʻsqinlik qiladi[1].
Taraqqiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Schlemm kanali aslida vena yoki skleral venoz sinus deb hisoblansa-da, kanal limfa tomirlariga oʻxshaydi. Fiziologik sharoitlarda kanal hech qachon qon bilan toʻlmaydi, chunki u arterial qon aylanishida ishtirok etmaydi[5]. U koʻzning venoz endotelial hujayralarining limfatik endotelial hujayralarga oʻzgarishi natijasida rivojlanadi[1][2][3].
Kanalning bu rivojlanish morfogenezi limfangiogen oʻsish omillarining ingibirlanishiga sezgir[1]. Kattalarda VEGFC (Vascular endothelial growth factor C) limfangiogen oʻsish omilini kiritilishi Schlemm kanalini kengaytirib, koʻz ichi bosimining pasayishiga olib kelgan[1].
Tajribada angiopoetin-1 va angiopoietin-2ning yoʻqligida Schlemm kanali va episkleral limfa tomirlari toʻliq rivojlana olmagan[6].
Funksiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Schlemm kanali old kameradan koʻz ichi suyuqligini toʻplaydi. Uni kanalchalar orqali episkleral qon tomirlariga yetkazib beradi[7][1][2][3].
Klinik ahamiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kanaloplastika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kanaloplastika — bu koʻz ichi bosimining barqaror pasayishini taʼminlash maqsadida koʻzning tabiiy drenaj tizimini tiklash uchun oʻtkaziladigan amaliyot. Bunda mikrokateterlar oddiy va minimal invaziv usulda qoʻllanadi. Jarroh Schlemm kanaliga kirish uchun kichik kesma hosil qiladi. Mikrokateter Schlemm kanalini rangdor parda atrofida aylanib, asosiy drenaj kanalini va uning kichikroq kollektor kanallarini steril gelga oʻxshash viskoelastik materialni kiritish orqali kengaytiradi. Keyin kateter chiqarilib, kanal ichiga chok qoʻyiladi va mustahkamlanadi. Schlemm kanalini ochish orqali koʻz ichi bosimi kamayadi[8][9][10][11].
Lazerli trabekuloplastika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Trabekuloplastika — bu trabekulyar toʻrda o'tkaziladigan plastik jarrohlik amaliyoti. Lazerli trabekuloplastika (LTP) — suyuqlikning chiqishini oshirish uchun rangdor parda ostiga yaqin joylashgan trabekulyar toʻrning joylarini kuydirish uchun lazer nurlarini qoʻllashni oʻz ichiga oladid. LTP turli xil ochiq burchakli glaukomalarni davolashda qoʻllanadi[12].
Lazerli trabekuloplastikaning ikki turi mavjud boʻlib, ular argon lazerli trabekuloplastika (ALT) va selektiv lazerli trabekuloplastika (SLT).
Nomidan maʼlumki, Argon lazerli trabekuloplastika trabekulyar toʻrda mayda kuyishlar hosil qilish uchun Argon lazeridan foydalanadi[13].
Selektiv lazerli trabekuloplastika — bu yangi texnologiya boʻlib, u lazer yordamida trabekulyar toʻr ichidagi maʼlum hujayralarni nishonga oladi va Argon lazerli trabekuloplastikaga qaraganda kamroq termal zarar keltiradi[14][15]. SLT bemorlr uchun uzoq muddatli davo chorasi hisoblanadi[16].
SLTda lazer trabekulyar tarmoqdagi melanotsitlarni tanlab nishonga olish uchun ishlatiladi. SLT funksiyalarining mexanizmi yaxshi tushunilmagan boʻlsa-da, u sinovlarda Argon lazerli trabekuloplastika kabi samarali ekanligi koʻrsatilgan. Biroq, SLT ancha past quvvatli lazer yordamida amalga oshirilganligi sababli, u trabekulyar toʻrning barcha tuzilmalariga (elektron mikroskopiya asosida) bir xil darajada taʼsir koʻrsatmaydi. Shuning uchun klinik tadqiqotlarda isbotlanmagan boʻlsa-da, dastlabki davolash effektlari yoʻqola boshlaganda, qayta davolash oʻtkazilishi mumkin.
Agar SLT muvaffaqiyatli boʻlsa, u trabekulyar to'rning pigmentli hujayralaridagi metabolik oʻzgarishlarni stimullaydi. Bu immunitet reaksiyasini keltirib chiqaradi, bu esa oʻz navbatida hujayra qayta rivojlanishidan toʻr kanalini/drenajini tozalaydi. Bu oldingi kameradan Schlemm kanaliga koʻproq ko'z ichi suyuqligi oqib oʻtishiga imkon beradi, koʻz ichi bosimini pasaytiradi va shuning uchun glaukoma yoki koʻz ichi bosimining oshishi tufayli koʻruv nervining yanada shikastlanishi xavfini kamaytiradi .
Angiopoetin yetishmovchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tajribalarda Schlemm kanali va episkleral limfa tomirlari angiopoietin 1 va angiopoietin 2 yoʻqligida butunlay rivojlanmagan[6]. Bu buftalmos va glaukomani keltirib chiqaradi[6].
Glaukoma
[tahrir | manbasini tahrirlash]Glaukoma koʻzdan ko'z ichi suyuqligining drenaji buzilishi bilan bogʻliq kasallik[4]. Bu holat asosan Schlemm kanalining ichki yuzasida ko'z ichi suyuqligi oqimiga qarshilik yuzaga kelishi bilan bogʻliq[4].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Schlemm kanali nemis anatomi Friedrich Schlemm (1795-1858) sharafiga nomlangan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Aspelund, Aleksanteri; Tammela, Tuomas; Antila, Salli; Nurmi, Harri; Leppänen, Veli-Matti; Zarkada, Georgia; Stanczuk, Lukas; Francois, Mathias et al. (2014). "The Schlemm's canal is a VEGF-C/VEGFR-3-responsive lymphatic-like vessel". The Journal of Clinical Investigation 124 (9): 3975–86. doi:10.1172/JCI75395. PMID 25061878. PMC 4153703. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4153703.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Park, Dae-Young; Lee, Junyeop; Park, Intae; Choi, Dongwon; Lee, Sunju; Song, Sukhyun; Hwang, Yoonha; Hong, Ki Yong et al. (2014). "Lymphatic regulator PROX1 determines Schlemm's canal integrity and identity". The Journal of Clinical Investigation 124 (9): 3960–74. doi:10.1172/JCI75392. PMID 25061877. PMC 4153702. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4153702.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Kizhatil, Krishnakumar; Ryan, Margaret; Marchant, Jeffrey K.; Henrich, Stephen; John, Simon W. M. (2014). "Schlemm's canal is a unique vessel with a combination of blood vascular and lymphatic phenotypes that forms by a novel developmental process". PLOS Biology 12 (7): e1001912. doi:10.1371/journal.pbio.1001912. PMID 25051267. PMC 4106723. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4106723.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Johnson, M. C.; Kamm, R. D. (1983-03-01). "The role of Schlemm's canal in aqueous outflow from the human eye." (en). Investigative Ophthalmology & Visual Science 24 (3): 320–325. ISSN 1552-5783. https://iovs.arvojournals.org/article.aspx?articleid=2176784.
- ↑ "Schlemm's canal endothelia, lymphatic, or blood vasculature?". J Glaucoma 16 (4): 391–405. 2007. doi:10.1097/IJG.0b013e3180654ac6. PMID 17571003.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 "A lymphatic defect causes ocular hypertension and glaucoma in mice". The Journal of Clinical Investigation 124 (10): 4320–24. 2014. doi:10.1172/JCI77162. PMID 25202984. PMC 4191022. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4191022.
- ↑ Cassin, B. and Solomon, S. Dictionary of Eye Terminology. Gainesville, Florida: Triad Publishing Company, 1990.
- ↑ „Video Journal of Ophthalmology - Streaming Video“. 2011-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Journal of Cataract & Refractive Surgery“.
- ↑ „Journal of Cataract & Refractive Surgery“.
- ↑ „Journal of Cataract & Refractive Surgery“.
- ↑ „University of Michigan Health System - Surgery for Glaucoma“. 2006-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 11-oktyabr.
- ↑ „EyeMDLink.com - Argon Laser Trabeculoplasty (ALT)“. 2006-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Review of Optometry - SLT: The Laser Picks Up Where Medications Leave Off“. 2006-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-noyabr.
- ↑ „Glaucoma Research Foundation — SLT: A New Type of Glaucoma Surgery“. 2008-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-may.
- ↑ „Review of Ophthalmology: SLT for Glaucoma Threapy“ (Wayback Machine saytida 2006-10-17 sanasida arxivlangan) Selective Laser Trabeculoplasty