Samuil Marshak
Samuil Yakovlevich (1887.22.10, Voronej - 1964.4.7, Moskva) — rus shoiri, 20-asr rus bolalar adabiyoti asoschilaridan. M.ning "Jek qurgan uy", "Bolalar qafasda", "Ahmoq sichqoncha haqida ertak" sheʼriy kitoblari 1923-yilda nashr qilingan. M. 1933-yilda "Mister Tvister" hajviy pamfletini yaratdi. "Nomaʼlum qahramon haqida hikoya" romantik dostoni (1938)da yangi davr qahramonlarining jasorati ifodalangan. "Harbiy pochta" (1944), "Har xil rangli kitob" (1947), "Yil boʻyi" (1948), "A dan Ya gacha zavqli sayohat" (1953) sheʼriy kitoblarida bolalarning oʻziga xos tabiati, adabiyot haqidagi falsafiy fikrlari oʻz ifodasini topgan. Uning "Un ikki oy", "Aqlli asar", "Mushukvoyning uyi" ertak-pyesalari mashhur. M. "Hayot boʻsa-gʻasida" avtobiografik qissasi (1960) va "Tarbiyaviy soʻzlar bilan" maqolalar toʻplami (1961), "Tanlangan sheʼrlar" (1962) asari muallifi. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sheʼr va ertaklar, T., 1959; Yongʻin, T., 1959; Styopa amaki, T., 1960; Ahmoq sichqoncha haqida ertak, T., 1961.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Smirnova V., S. Ya. Marshak, M., 1954; Galanov B. Ye., S.Ya.Marshak. Jizn i tvorchestvo, 4 izd., M., 1965; S ar no v B., Samuil Marshak (ocherki poezii), M., 1968.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Andoza:DEAULTSORT:Marshak, Samuil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |