São Paulo (qoʻshiq)
„São Paulo“ | ||||
---|---|---|---|---|
The Weeknd va Anitta qoʻshigʻi | ||||
„Hurry Up Tomorrow“ albomidan | ||||
Til | portugalcha, inglizcha | |||
Chiqarilgan sanasi | 30-oktyabr, 2024-yil | |||
Janr | braziliyacha fank | |||
Davomiyligi | 05:02 | |||
Leybl |
| |||
Matn muallif(lar)i |
| |||
Prodyuser(lar) |
| |||
The Weeknd xronologiyasi | ||||
| ||||
Anitta xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
"São Paulo" YouTubeda |
"São Paulo" – kanadalik qoʻshiqchi The Weeknd va braziliyalik qoʻshiqchi Anittaning qoʻshigʻi. U 2024-yil 30-oktabr kuni XO va Republic Records orqali The Weekndning oltinchi Hurry Up Tomorrow nomli studiyaviy albomining uchinchi singli sifatida chiqarilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abel Tesfaye oʻzining yangi chiqarilayotgan (The Weeknd taxallusi ostidagi soʻnggi) albomini targʻib qilish uchun 2024-yil 7-sentabrda San-Pauluda „bir kechalik“ konsertini oʻtkazdi[1]. Ushbu kechada The Weeknd va Anitta oʻzlarining „São Paulo“ nomli duetlarini birinchi marta ijro etishdi[2]. Anitta sahnada kutilmaganda paydo boʻlib qoʻshiq kuylay boshlaydi, lekin u avvalroq The Weeknd raqqosalarining biri sifatida, niqob taqqan holda sahnaga chiqqan edi[3].
27-oktabr kuni Anitta oʻtkir tishli va dumi qirrali chaqaloqning ultratovush tekshiruvida aks etgan surati bilan oʻrtoqlashdi va ostiga „U chiroyli emasmi?“ degan savolni yozib qoldirdi, The Weeknd esa postga „Vau! U juda chiroyli“ deb izoh yozdi[4]. Rasmda 2024-yil 30-oktabr sanasi muhrlangan edi, bu esa singlning chiqish sanasi boʻlib chiqdi[5]. Ikki kun oldin Anitta homilali qorni va yuzida oq niqob bilan tasvirlangan fotosuratini joylagan edi[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Geraghty, Hollie „The Weeknd explains how he pulled off Anitta collaboration for São Paulo concert“. NME (2024-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-oktyabr.
- ↑ Jones, Abby „Watch The Weeknd Debut New Songs With Playboi Carti & Anitta In São Paulo“. Stereogum (2024-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-oktyabr.
- ↑ Kelly, Tyler Damara „Anitta and Playboy Carti join The Weeknd at one-off São Paulo show“. The Line of Best Fit (2024-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-oktyabr.
- ↑ Kaufman, Gil „The Weeknd and Anitta Appear to Tease Upcoming Collaboration With Devilish Ultrasound Pic: 'Isn't He Beautiful?'“. Billboard (2024-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-oktyabr.
- ↑ Zavala, Cristina „La ecografía de Anitta tras mostrar su barriga de embarazada, nos anuncia algo grande, ¿qué se trae con The Weeknd?“. Los 40. Qaraldi: 2024-yil 28-oktyabr.
- ↑ Andrews, Elias „The Weeknd Teases Anitta Collab "São Paulo" With Cryptic Mask Post“. HotNewHipHop (2024-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-oktyabr.