Ruslan Mirzayev
Ruslan Erkinovich Mirzayev | |
---|---|
Руслан Эркинович Мирзаев | |
Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Mudofaa vaziri | |
Mansab davri 2005-yildan – 2008-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Qodir Gʻulomov |
Vorisi | Qobul Berdiyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
21-fevral 1965-yil Toshkent |
Millati | Uygʻur |
Mukofotlari | |
Xizmat yillari | 1982-yildan |
Unvoni | General-mayor |
Mirzayev Ruslan Erkinovich – oʻzbekistonlik harbiy arbob, general-mayor, 2008-2018-yillarda Oʻzbekiston chegara qoʻshinlari qoʻmondoni, 2005-2008-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri boʻlgan.
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]1965-yil 21-fevralda Toshkent shahrida tugʻilgan.
1986-yilda Sovet Ittifoqi davlat xavfsizligi qoʻmitasi (KGB) oliy harbiy-siyosiy chegara bilim yurtini, 1989-yilda KGB Oliy maktabini tamomlagan.
1982-yildan davlat xavfsizlik organlarida.
1986-yildan 1992-yilgacha KGB chegara qoʻshinlari operativ guruhining tezkor boʻlinmalarida xizmat qilgan.
1992-1999-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati boʻlinmalarida xizmat.
1999-2002-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabida boshqarma boshligʻi, soʻngra Bosh razvedka boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
2002-2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari, kotibi lavozimlarida ishlagan.
2005-2008-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri.
2008-2012-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari – Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni.
2012-2018-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati boʻlinmalarida rahbarlik lavozimlarida.
2018-2020-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari – Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni.
2020-2022-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibiyati bosh konsultanti.
2022-yil 1-yanvardan hozirgi kunga qadar Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qoʻmitasi direktori[1].