Kontent qismiga oʻtish

Ruberoid

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ruberoid (lot. rubes — kizil va yun. eidos — oʻxshash) — oʻrama (rulonli) karton qogʻozga neft mahsulotlari (bitum)ni shimdirib tayyorlanadigan qurilish materiali. Chidamliligini oshirish maqsadida bitum qoplamaga mayda toʻldirgichlar qoʻshiladi, sirtiga esa talk, maydalangan slyuda yoki yirik donali mineral kukunlar sepiladi. Binokorliqda qoʻllaniladigan R.ning standart kengligi — 750, 1000 va 1025 mm, bir ruloni 10 yoki 20 m2 boʻladi. R. tomga yopishdan tashqari, binolarning yer osti qismlarini namdan muhofaza qilish maqsadlarida (gidroizolyasiya materiali sifatida) ham koʻllaniladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil