Rasadxona
Rasadxona yoki observatoriya – astronomik, geofizik, metrologik va boshqa tadqiqotlar uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa va shu muassasa joylashgan bino. Dastlab, obʼyektlarni kuzatish bilan shugʻullanadigan joy sifatida paydo boʻlgan, keyin ilmiy tadqiqot muassasasiga aylangan. Oʻrta asrlarda Sharqda koʻplab rasadxonalar qurilgan (masalan, Ulugʻbek rasadxonasi). Keyinchalik (XVI asr oʻrtalaridan) Yevropada rasadxonalar optik, radiofizik va boshqa asboblar bilan taʼminlana boshladi. Oʻzbekistonda optik asboblar bilan jihozlangan rasadxona birinchi marta 1973-yilda Toshkentda Turkiston harbiy okrugi Harbiy topografiya boʻlimi tizimida astronomiya va fizika rasadxonasi sifatida tashkil qilindi. Unda ilmiy tadqiqot ishlari (vaqtni oʻlchash, quyosh faolligi, quyosh va oy tutilishi, meteorologik, seysmik kuzatishlar va boshqa ishlar) olib boriladi (qarang Astronomiya instituti). Rasadxonalarda astronomik, magnit, gidrometrologik, seysmik va boshqa kuzatish hamda tadqiqotlar olib boriladi[1].
Astronomik rasadxonalardan tashqari, quyidagi rasadxonalar ham mavjud:
- aerologik rasadxona
- dengiz rasadxonasi
- geofizik rasadxona
- kosmik rasadxona
- magnit rasadxona
- meteorologik rasadxona
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wikimedia Commonsda Rasadxona mavzusiga oid fayllar bor. |