Qalandariylik
Qiyofa
Qalandariylik — so‘fiylik-zohidlik harakati. Malomatiylik maktabining g‘oyalari ta’siri ostida yuzaga kelgan. Keyinchalik qalandariylik tariqatiga aylandi. Qalandariylik Xurosonda va O’rta Osiyoda XI asr boshlarida yuzaga keldi. Ommalashib, sharqda Farg‘onadan tortib, g’arbda Iroq va Shomga qadar keng tarqalgan. Qalandariylik suluklarining ta’siri Pokiston, Hindiston, Eron va Afrikaning ayrim mamlakatlarida hozir ham seziladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 445-446.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |