Kontent qismiga oʻtish

Progesteron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Progesteron (lotincha: pro — avval va gestatio — homiladorlik) — urgʻochi umurtqali hayvonlar va ayollar jinsiy gormoni. Kimyoviy tabiatiga koʻra, steroid, organizmda xolesterindan sintezlanadi. Asosan, tuxumdonning sariq tanasida hosil boʻladi. Homiladorlik davrida ayol organizmida, boʻgʻozlik va urchish davrida urgʻochi hayvonlarda moddalar almashinuvini rostlab turadi. Tibbiyotda P. va uning sintetik mah-sulotlari sariq tana funksiyasi buzilganda, jinsiy aʼzolarning birorbir kamchiliklarida, bola tashlash hollarida, farzandsizlikdabuyuriladi. P. va uning tabiiy hamda sintetik analoglari umumiy nom bilan progestinlar yoki gestagenlar deb ataladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil