Kontent qismiga oʻtish

Plener

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Plener (frans. plein air — ochiq havo) — rangtasviraa quyosh nuri va atmosfera bilan bogʻliq havodagi oʻzgarishlarni qanday boʻlsa, shundayligicha tasvirlash. Naturanish rang boyligi va tovlanishini tabiiy yorugʻlik va atrof muhit taʼsirida koʻrsatish P. rangtasvirining asosini tashkil etadi. Rassomlarning bevosita ochiq havo (ustaxonalardan tashqari)da ishlashi natijasida yuzaga kelgan. P.ning dastlabki belgilarini Uygʻonish davri italyan va 17-asr rassomlari ijodida kuzatish mumkin. P.ning asosiy xusu-siyatlari 19-asr 1yarmida koʻzga tashla-nadi. 19-asr oʻrtalarida P. masalalari bilan barbizon maktabi vakillari hamda K. Koro shugʻullangan. 19-asr 2yarmida impressionist rassomlar (K. Mone, K. Pissaro, O. Renuar va boshqalar) ijodida oʻzining toʻlaqonli ifodasini topdi.

Oʻzbekiston hududida P. 19-asr oʻrtalaridan tarqaldi. L. Bure, I. Kazakov, O. Tatevosyan, A. Isutgov va boshqa, keyinroq P. Benkov, N. Kashina, R. Temurov, A. Roziqov va boshqalar P. rangtasvirining ajoyib namunalarini yaratdi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil