Payoneer
Turi | biznes |
---|---|
Qachon asos solingan | 2005 |
Asoschi(lari) | Yuval Tal |
Payoneer ― bu moliyaviy xizmatlar va onlayn pul oʻtkazmalarini taqdim etadigan toʻlov tizimidir. Payoneer MasterCard ning butun dunyo miqyosidagi provayderidir. Faqat Rossiya davlati bundan mustasno. Kompaniyaning bosh qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Payoneer 2005-yilda tashkil etilgan. Venchur kapitali tufayli ushbu kompaniya rivojlanib borib, oʻz daromadiga ega boʻldi. Hamda Inc.5000 ning moliyaviy xizmatlar sohasida eng tez rivojlanayotgan kompaniyalar top 100 taligiga kirdi. 2015-2016-yillardagi maʼlumotlarga koʻra, kompaniyaning dunyoning turli burchaklarida joylashgan oltita ofisida 600 dan ortiq kishi ishlagan[1][2].
Faoliyat va xizmatlar turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Payoneer tadbirkorlar, savdo maydonlari va frilanserlarni xalqaro pul oʻtkazmalari, onlayn toʻlovlar va toʻldirish debet kartalarini taqdim etish orqali bogʻlaydi. Kompaniya oʻz mijozlariga bank hisob varaqlarini ochmasdan toʻlovlarni qabul qilish orqali yangi bozorlarga chiqish imkonini beradi. Payoneer foydalanuvchilari mablagʻlarni mahalliy bank orqali hisoblariga yoki elektron hamyonini toʻldirish orqali, shuningdek, bankomatlarda yoki savdo nuqtalarida foydalanish mumkin boʻlgan oldindan toʻlangan MasterCard debet kartasi orqali olish imkoniyatiga ega[3].
Rossiyadagi cheklashlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilda xizmat Qrimdagi faoliyatini toʻxtatdi. Uning qrimlik mijozlari 1 fevraldan boshlab tizimga kirish bloklanishi munosabati bilan (PayPal, Visa va Mastercard ham Qrim aholisiga xizmatni toʻxtatgan) oʻz hisoblaridagi pul sarflash taklif etilgan bildirishnoma olganlar.[4] 2020-yil 27-maydan boshlab Payoneer Rossiyalik foydalanuvchilarning ham kartalari bilan ishlashni toʻxtatdi. Faqatgina cheklovdan hayiqqan Belarus bozorida uning aholisiga xizmat koʻrastishni davom ettirdi.
Karta muammosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻlov tizimi Wirecard (Payoneer uchun sobiq karta ishlab chiqaruvchisi) kompaniyasining firibgarlik mojarosidan soʻng mustaqil Prepaid Mastercard kartalarini chiqarishni boshladi, barcha mijozlar mablagʻlari va tranzaksiyalari tarixini Wirecard Card Solutionsdan Payoneer Europe Limited kompaniyasi tizimiga oʻtkazdi.[5]
Birjaga chiqarish uchun tayyorgarlik jarayonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Payoneer SPAC bilan birlashish orqali ommaviy kompaniyaga aylanadi. 2021-yilning birinchi yarmida yopilishi rejalashtirilgan bitimni fintech startapi 3,3 milliard dollarga baholaydi [6]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Macinas, Melanie (10 September 2014)
- ↑ „Former SWIFT CEO Joins Payoneer Board“
- ↑ „Финансовый сервис Payoneer предупредил о прекращении работы в Крыму“ (ru). 3DNews — Daily Digital Digest. Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
- ↑ Обстановка не айти какая // Коммерсантъ.
- ↑ „Ответ на махинации Wirecard: Payoneer начала выпуск собственных карт“ (ru). LIGA (2020-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
- ↑ „Payoneer объявил о партнёрстве с MasterCard в преддверии сделки со SPAC“. Bloomсhain. 2021-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayt(Inglizcha) )
- Mastercard® va Payoneer tijorat bank kartasidan foydalanish shartlari va nizomi (rasmiy qoidalari asosida oʻzbek tilidagi tarjimasi)