Kontent qismiga oʻtish

Parij jangi (1814)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Parij jangi, 1814-yil
Rus armiyasining Parijga kirishi

Parij jangiRossiya, Avstriya, Prussiyadan iborat oltinchi koalitsiya va Fransiya imperiyasi oʻrtasida 1814-yilning 30—31-mart kunlari boʻlib oʻtgan jang. Parij chekkasida bir kun davom etgan janglardan soʻng, 31-mart kuni fransuzlar taslim boʻlib, Oltinchi koalitsiya urushini tugatgan va imperator Napoleonni taxtdan voz kechishga va surgunga ketishga majbur qilgan.

Napoleon 1812-yilda Fransiya-Rossiya urushining muvaffaqqiyatsiz yakunidan soʻng chekingan. Gʻalaba qozongan rus qoʻshinlari Oltinchi koalitsiya ittifoqini Avstriya, Prussiya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Ispaniya va Fransiya imperiyasiga dushman boʻlgan boshqa davlatlar bilan tuzgan. Fransuzlar Germaniyadagi yurishlaridagi dastlabki janglarda gʻalaba qozongan, lekin koalitsiya qoʻshinlari 1813-yil kuzida Leipzig jangida Napaleonga qarshi birlashib fransuz qoʻshinini magʻlubiyatga uchratgan. Jangdan soʻng, Fransiyani qoʻllab-quvvatlovchi Reyn pro-fransuz (fransuzlar tarafdori) nemis konfederatsiyasi qulagan. Shu tariqa Napoleonning Germaniya sharqidagi hukumati oʻz kuchini yoʻqotgan. Soʻngra Germaniyadagi koalitsiya kuchlari Reyn daryosidan oʻtib, Fransiyaga bostirib kirishgan.