Kontent qismiga oʻtish

Ozarbayjon — Bangladesh munosabatlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ozarbayjon — Bangladesh munosabatlari

Ozarbayjon

Bangladesh

Ozarbayjon — Bangladesh munosabatlari. Ozarbayjon va Bangladesh oʻrtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar hisoblanadi.

Diplomatik munosabatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yil 26-fevralda Bangladesh Ozarbayjon bilan rasmiy diplomatik aloqalarni boshlagan 13-davlat boʻlib tarixga kirdi.

Ozarbayjonning Hindistondagi elchisi Ibrohim Hajiyev ham Bangladeshda akkreditatsiyadan o‘tgan[1]. Bangladeshning Turkiyadagi elchisi M. Allama Siddiqiy Bangladeshning Ozarbayjondagi elchisi sifatida ham akkreditatsiya qilingan[2].

2013- yilda Ozarbayjon va Bangladesh oʻzlarining xorijiy xizmat akademiyalari oʻrtasida hamkorlik boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladilar[2].

Rasmiy tashriflar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilda Bangladesh fuqaro aviatsiyasi va turizm vaziri Muhammad Faruk Xon 2-Umumjahon madaniyatlararo muloqot forumida ishtirok etish uchun Bokuga tashrif buyurdi[3].

Bangladeshning sobiq tashqi ishlar vaziri Dipu Moni 2013-yilda Bokuga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. Moni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan rasmiy uchrashuv oʻtkazdi. U Iqtisodiy rivojlanish vaziri Shahin Mustafoyev va Davlat migratsiya xizmati rahbari Firudin Nabiyev bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi.

Xalqaro hamkorlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakatlar turli tashkilotlar doirasida hamkorlik qiladi: Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo hisoblanadi[4][5].

Bangladesh Qorabogʻ mojarosini hal qilishda Ozarbayjonni BMT da qoʻllab-quvvatlaydi[6][7].

Bangladesh ham Ozarbayjonning Xodjali genotsidi masalasidagi pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi[8].

Ozarbayjon 2011-yilda Bangladeshni Xalqaro dengiz tashkilotiga nomzod sifatida qoʻllab-quvvatlagan[9].

Ikkala davlat ham Osiyo infratuzilma investitsiya banki tashabbusining aʼzosi hisoblanadi[10].

Iqtisodiy hamkorlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjon va Bangladesh savdo va sarmoyani kengaytirishga qiziqish bildirgan. Ozarbayjon Bangladeshdan tayyor mahsulotlar, farmatsevtika, charm buyumlar va keramika mahsulotlarini import qilishga qiziqish bildirmoqda.

2013-yilda ikki davlat „ishlatilmagan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy imkoniyatlarni oʻrganish uchun“ Qoʻshma Iqtisodiy Komissiya (JEK) tuzishga kelishib oldilar[6].

2014--yilda Ozarbayjon Savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim loyihasini (TEC) Savdo vazirligi, Bangladesh hukumatiga yubordi. Bitim „iqtisodiy sohada faoliyat yurituvchi davlat organlari, professional tashkilotlar, biznes, federatsiyalar, palatalar, hududiy va mahalliy tashkilotlar ishtirokidagi hamkorlikni kengaytirishga“ yordam beradi.

  1. „Azerbaijan`s ambassador presents credentials to President of Bangladesh“ (en). azertag.az. 2019-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.
  2. 2,0 2,1 „News Details“. web.archive.org (2015-yil 2-iyul). 2015-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.
  3. „Азербайджан и Бангладеш“. 2015-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.
  4. „Бангладеш предлагает Азербайджану воспользоваться своим опытом“ (ru). Minval.az (2017-yil 17-yanvar). 2019-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.
  5. „Президент Ильхам Алиев принял верительные грамоты новоназначенного посла Бангладеш в Азербайджане [ОБНОВЛЕНО ВИДЕО“] (ru). azertag.az. 2019-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.
  6. 6,0 6,1 The Financial Express. „The Financial Express“ (en). The Financial Express. 2015-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.
  7. „Официальный сайт президента Азербайджанской Республики - НОВОСТИ » Приемы“ (ru). ru.president.az. 2016-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.
  8. „Azerbaijan, Bangladesh mull migration cooperation“ (en). azertag.az. 2019-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.
  9. 1 „Bangladesh&Azerbaijan. Cooperation“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.
  10. Aneja, Atul. „India is the second largest shareholder“. The Hindu (2015-yil 30-iyun). 2020-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.