Osiyo boʻrsigʻi
Osiyo boʻrsigʻi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Sut emizuvchilar |
Turkum: | Yirtqichlar |
Oila: | Suvsarlar |
Urugʻ: | Boʻrsiqlar |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Meles leucurus (Hodgson, 1847) | |
Areal | |
Osiyo bo'rsigʻi[1] (lotincha: Meles leucurus) — suvsarlar (Mustelidae) oilasiga mansub yirtqich sutemizuvchilar turi. Ular Rossiya hududida (Volgadan Janubiy Sibirgacha), Oʻrta Osiyoda, Moʻgʻulistonda, Xitoyda va Koreya yarim orolida yashaydi[2].
Osiyo boʻrsiqlari turmush tarzi jihatdan Yevropa boʻrsiqlariga oʻxshaydi (Meles meles), asosan tashqi koʻrinishida kattaligi va rangi bilan farqlanadi. Ular asosan bargli oʻrmonlarda yashaydilar, ba'zan dasht va yarim choʻlda ham uchraydi[2]. Osiyo boʻrsiqlari tun hayvonlari hisoblanadi. Ular oʻsimliklar, umurtqasizlar, mayda kemiruvchilar va tipratikanlar bilan oziqlanadi[2]. Ular murakkab tuzilishga ega boʻlgan chuqur oʻralarni qazishadi, koʻpincha bir nechta chuqurchalar bitta hayvonga tegishli boʻladi. Yashirin bosqichga ega boʻlgan uzoq (450 kungacha) homiladorlikdan soʻng, urgʻochilar 6 tagacha bola tugʻadilar. Shimoliy hududlarda Osiyo boʻrsiqlari qishda uxlaydi[2].
Bir-biriga oʻxshash diapazonlarda Osiyo boʻrsiqlarining Yevropa boʻrsiqlari bilan chatishishi sodir boʻladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Полная иллюстрированная энциклопедия. «Млекопитающие» Кн. 2 = The New Encyclopedia of Mammals / под ред. Д. Макдональда. — М.: Омега, 2007. — С. 467. — 3000 экз. — ISBN 978-5-465-01346-8.
- ↑ Jump up to: 2,0 2,1 2,2 2,3 Meles leucurus (англ.). The IUCN Red List of Threatened Species.