Kontent qismiga oʻtish

Oltingugurt (mineral)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oltingugurt
16
Oltingugurt
S
32,06
3s23p4

Oltingugurt, tugʻma oltingugurttugʻma elementlar guruhiga mansub mineral. Tabiatda erkin (tugʻ-ma O.) va birikmalar holida uchraydi. Oltingugurt 16ta proton, 16ta elektron va yana shuncha neytrondan tashkil topgan. Davriy sistemada 6-guruhdan joy olgan. O.ning eng muhim tabiiy birikmalari — metall sulfidlari (mas, FeS2 — temir kolchedan (pirit), ZnS — aldama pyx, PbS — qoʻrgʻoshin yaltirogʻi yoki galenit, Cu2S— mis yaltirogʻi va hokazo), sulfatlar holida (angidrit CaSO4, gips CaSO42H2O, ogʻir shpat BaSO4, glauber tuzi va hokazo) ham uchraydi. Bundan tashqari, O. kumir, slanets, neft, tabiiy gazlar, hayvon va oʻsimlik organizmlarida organik va anorganik holida mavjud (mas, oqsilda 0,8—2,4% O. bor). O. bir necha allo-tropik koʻrinishlarda boʻladi. Eng koʻp uchraydigan turi rombik modifikatsiyasi (alfa-S), uni sekinlik bilan 96— 120°gacha qizdirganda monoklinik modifikatsiyasi (6eTa-S)ra oʻtadi. O.ning rangi sariq. Qattikligi mineralogik shkala boʻyicha 1—2, zichligi 2,0—2,1 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 118,9°. Rombik O. sakkiz burchakli halqasimon Sg tarkibli molekulalardan tuzilgan. Monoklinik O. prizma shaklidagi tiniq kristallardan iborat. O.ning juda koʻp birikmalari maʼlum. Mas, vodorod sulfid (H2S), sulfat kislota (H2SO4), gipos ulfit (Na2S2O3) va hokazo Tugʻma O. konlari Meksika, AQSH, Italiya, Yaponiya, Rossiya, Turkmanistonda uchraydi. O. konlardan qazib olinadi va flotatsiya usulida boyitiladi, SO2 ni qaytarib, H2S ni oksidlab ham hosil qilinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil