Kontent qismiga oʻtish

Oltin qizilishton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oltin qizilishton
Biologik klassifikatsiya


Oltin qizilishton[1][2], yoki oltin bigiz-tushuqli qizilishton yoki Oltin oʻrmonchi (lotincha: Colaptes auratus Colaptes auratus) - oʻrta boʻyli qizilishton bigiz-tumshuqli qizilishtonlar turkumiga mansub. U Shimoliy Amerikaning koʻp qismida, shu jumladan Markaziy Amerika, Kuba, Kayman orollarida uchraydi va koʻchib yuruvchi turlariga mansub. U odatda erda oziqlanadigan yagona oʻrmonchidir. Oltin qizilishton uchun 100 dan ortiq nomlar mavjud, ular orasida "sariq bolg'a", "Garri-vikat", "oh-ho-ho", "wack-up", "walk-up", "week-up" va boshqalar mavjud. Ushbu nomlarning aksariyati ingliz tilida ushbu qush tomonidan chiqarilgan tovushlarni taqlid qilishga urinishdir.

Tashqi koʻrinish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshi katta, boʻyni uzun, egiluvchan, mushaklari baquvvat. Tirnoqlari qiyshiq, oʻtkir. Dumi qattiq - qushni qoʻllab-quvvatlash va muvozanatlash uchun xizmat qiladi. Tumshugʻi uzun, oʻtkir va etarlicha kuchli. Til juda uzun va yopishqoq. Erkaklari urgʻochilarga nisbatan yorqinroq patlarga ega.

Uzunligi 28-31 sm, qanotlari u uchidan bu uchigacha 42-51 sm. Ogʻirligi 86 dan 167 grammgacha. Yirik qushlarda orqasi va qanotlarida qora bilan jigarrang chiziqlari bor. Ikkala jins vakillarining ham boshining orqa qismida qizil yarim oy shaklida naqshi bor.

Yosh qushlarning rangi koʻproq iflos, boshining orqa qismidagi nuqta katta qushlarga qaraganda och qizil va kaltaroq boʻladi. Yosh urgʻochi va erkaklarning qora "moʻylovlari" bor. Qorin boʻshligʻidagi dogʻlar kattaroq qushlarga qaraganda yirikdir. Tunshugʻi yumshoq va zaifdir. Kuzgi panti tashaganidan keyin yorqinlashib ketadi. Bahorga kelib, rangi oʻchib ketadi.

Bahor va yozda erkakning qoʻshigʻi uzoq va biroz quvnoq kulgini eslatadi. Ovoz baland va ancha masofada eshitilishi mumkin. Qizilishton uchib, qoʻnganda, u biroz chayqalib, ta’zim qilganga oʻxshab, keyin boshini silkitib, baland ovozda “kleip” degan tovush chiqazadi.

Oltin qizilishton Shimoliy Amerikaning koʻp qismida (shu jumladan Markaziy Amerikaning ba'zi qismlarida) uchraydi: AQSh (shu jumladan Alyaska), Kanada, Nikaragua, Grenlandiya, Kuba, Kayman orollarida. Bu koʻchib yuruvchi qizilishtonning bir necha turlaridan biri boʻlib u qishda shimoliy Meksikaga migratsiya qiladi.

Yashash joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oltin qizilishton turli xil yashash joylarida uchratish mumkin, bu yerda siz oʻlik yoki ichi boʻsh daraxtlarni topishingiz mumkin - oʻrmonlarda (tropik, qarag'ay va eman, doim yashil, aralash va boshqalar), ochiq joylarda; shahar bogʻlari, maysazorlar va bogʻlar ; qishloq xoʻjaligi erlarida; pasttekisliklarda. Dengiz sathidan 1600 – 3500 m balandlikka koʻtarilishi mumkin. Koʻpincha odamlar yashash joyiga yaqin boʻlgan joylarda uchraydi.

Hamma narsa yeydigan. Ratsionining asosiy qismi kichik hashoratlardan iborat (taxminan 61%) ular:

*chigirkalar

*termitlar

*chumolilar

*arilar

*shira

*oʻrgimchaklar

*va hakazlar.

qolgan 39% turlicha meva va rezavorlar tashkil etadi

Sevimli ovqatlaridan biri bu chumolilardir, ular qizilishtoning ratsionidan hashorotlar ichida 75% gacha tashkil qiladi.

Qizilishtonlar kuniga ikki marta suv ichishadi, qishda qor yeyishadi (ular tumshugʻini qorga tushiradi, keyin uni koʻtaradi, tumshugʻini chaynaganday tezda uradi va yutadi).

Asosiy dushmanlar - enotlar va kalamush ilonlari. Enotlar panjasini chuqurga qirgazib tuxumni tortib oladi va ichadi. Ilonlar tuxum va joʻjalarni yeydi. Voyaga etgan qushlarga esa turli lochinlar va qirg'iylar havf soladi. Olmaxolar ham uyalariga zara yetkazishi mumkin.

Joʻjani boqish Colaptes auratus cafer.

Koʻpaytirish davri fevraldan iyulgacha.

Bir nechta erkaklar ayolning orqasidan ergashadilar, ular orasida jang boʻlmaydi. Rad etilgan erkaklar boshqa ayolni qidirish uchun uchib ketishadi. Bu juftlik darhol uy qurishni boshlaydi. Oltin qizilishtonlar quruq daraxtlardagi boʻshliqlarni, quruq novdalarni yoki tirik daraxtlarning oʻlik tepalarini, chirigan dogʻlarni, ba'zan hatto erga ham oʻrashadi. Agar boʻsh eski boʻshliqlar mavjud boʻlsa, ulardan foydalanishadi. Erkak qurishni boshlaydi va ayol tugatadi. Uya 2,5-7,5 m balandlikda joylashtiriladi, chuqurligi 24-45 sm.

Ayol har kuni, ertalab soat 5-6 da tuxum qoʻyadi. Inada odatda 3-12 (odatda 6-8) yaltiroq oq oval tuxum mavjud oʻlchami 26,85x20,58 mm, ogʻirligi taxminan 7 gramm boʻladi, lekin faqat 3-4 joʻja omon qoladi. Agar uya vafot etsa, ayol yana tuxum qoʻyishni boshlaydi. Shunday qilib, doktor Barton V. Evermann 49 kun ichida bir ayoldan 37 ta tuxum oldi, G. Berns esa 65 kun ichida 48 ta tuxum oldi. Kechasi faqat erkak tuxumda oʻtiradi va kunduzi ota-onalar navbat bilan oʻtirishadi (har biri 1-1,5 soat).

Yiliga 1-2 marta nasil qoldiradi (yashash joyiga qarab). Oltin qizilishton tuxumlari boshqa qushlarning (qaldirg'ochlar, chumchuqlar, kaptarlar) uyalarida topilgan. Uya qoʻyish joylarining etishmasligi tufayli u boshqa uyalaridan foydalanadilar.

Joʻjalar yalangʻoch, koʻr va himoyasiz boʻlib tugʻilashadi. Joʻjalarning terisi shaffof - yutilgan chumolilar tomoqda aniq koʻrinadi. Teri oʻsishi bilan u qalinlashadi va qoʻpolroq boʻladi. Tuklar oʻsishi boshlanishidan oldin (hayotning 5-6-kunida) u mavimsi rangga ega boʻladi. Ota-onalar joʻjalarini chala xazm boʻlgan ovqat bilan boqishadi. Joʻjalar 25-28 kun ichida toʻliq oʻsadi. Keyingi 2-3 haftada ular hali ham ota-onalari tomonidan oziqlanadi, keyin esa ular mustaqil hayotga qanot qoqishadi.

Balogʻatga etish hayotning birinchi yilida sodir boʻladi.

Iqtisodiy ahamiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chumolilar va qishloq xoʻjaligi zararkunandalari zasalan, makkajoʻxori, shira bilan oziqlanuvchi keniruvchilar bilan kurashishga yordam beradi.

Oltin qizilishton goʻshti juda qadrlanadi va chumoli xidiga ega boʻlsa-da, koʻpincha dasturxonga tortiladi.

Osonlik bilan uy sharoitiga oʻrganadi, yangi ovqatlarga moslasha oladi.

Oʻzi bilmagan holda zaharli dukkakli va sumak urugʻini tarqatib, ma’lum zarar keltiradi.

  1. Иноземцев А. А. Отряд Дятлообразные (Piciformes) // Жизнь животных. Том 6. Птицы / под ред. В. Д. Ильичева, А. В. Михеева, гл. ред. В. Е. Соколов. — 2-е изд. — М.: Просвещение, 1986. — С. 347. — 527 с.
  2. Коблик Е. А. Разнообразие птиц (по материалам экспозиции Зоологического музея МГУ). Часть 3 / науч. ред. к. б. н. М. В. Калякин, ред. серии О. Л. Россолимо. — М.: Издательство МГУ, 2001. — С. 174—175. — 360 с. — (Серия «Разнообразие животных») — ISBN 5-211-04072-4