Kontent qismiga oʻtish

Oktoberfest

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oktoberfest
Oktoberfest
Nishonlovchilar Munich, Bavariya
Turi Festival
Nishonlanishi Paradlar, ovqat, musiqa, ichimlik
Bogʻliqligi Oktoberfest bayramlari

Oktoberfest Nemischa talaffuzi ɔkˈtoːbɐˌfɛst – pivo festivali va sayohat karnavalni oʻz ichiga olgan eng katta Volksfest boʻlib hisoblanadi. U har yili Myunxenda va Bavariyada sentyabr oyining oʻrtalari yoki oxiridan boʻshlab oktyabr oyining birinchi yakshanbasiga qadar oʻtkaziladi, tadbirda olti milliondan ortiq xalqaro va mahalliy tashrif buyuruvchilar ishtirok etadi. Mahalliy xalq uni yarmarka maydonlarining oʻgʻzaki tilidagi nomi "Theresienwiese" sharafiga d'Wiesn deb ataydi. Oktoberfest festivali Bavariya madaniyatining muhim qismi hisoblanib, bu festival u 1810-yildan buyon oʻtkaziladi. Bugungi kunda, dunyo boʻylab boshqa shaharlarda ham Oktoberfest bayramlari oʻtkaziladi.

Tadbir davomida katta miqdorda Oktoberfest pivosi isteʼmol qilinadi, jumladan 2014-yilda 7,7 million litr (2,000,000 AQSH gal) taqdim etilgan [1][2]. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar koʻplab attraksionlardan, atab aytganda, koʻngilochar sayrlardan va har xil oʻyinlardan bahramand boʻlishadi. Bundan tashqari, anʼanaviy taomlarning keng assortimenti ham mavjud.

Oktoberfest dastlab oktyabr oyining birinchi yakshanbasiga qadar boʻlgan 16 kun boʻlib oʻtgan. 1994-yilda bu uzoq vaqtdan beri davom etgan jadval Germaniyaning qayta birlashishi munosabati bilan oʻzgartirilgan. Natijada, agar oktyabr oyining birinchi yakshanbasi 1-oktyabr yoki 2-oktyabrga toʻgʻri kelsa, u holda festival 3-oktyabrgacha (Germaniya birligi kuni) davom etadi. Shunday qilib, festival endi birinchi yakshanba 2-oktyabr boʻlsa 17 kun va 1-oktyabr boʻlsa 18 kun davom etadi. 2010-yilda festival ikki yuz yillik yubileyini nishonlash uchun oktyabr oyining birinchi dushanbasiga (4 -ktyabr) qadar davom etgan.

Myunxendagi Oktoberfestda ot poygasi, 1823-yil

1810-yil 12-oktabr kuni Kronprinz Lyudvig (1786–1868), keyinroq Qirol Lyudvig I (hukmronligi: 1825–1848), malika Saks-Hildburgxauzenlik Tereza bilan turmush qurgan. Bu marosimga Myunxen fuqarolari qirollik tadbirini nishonlash uchun shahar darvozalari oldidagi dalalarda oʻtkazilgan tantanalarga taklif qilingan. Maydonlar Toj kiygan Malika sharafiga „Theresienwiese“ („Tereza yaylovi“) deb nomlangan va oʻsha vaqtdan beri garchi mahalliy aholi bu nomni oddiygina Wiesn deb qisqartirgan boʻlsa-ham [3] bu nom saqlanib kelmoqda. Anʼanaga koʻra ot poygalari 15-asrning Scharlachrennen („Karlstordagi Qizil poyga“) yangi turmush qurganlar sharafiga 18-oktyabrda boʻlib oʻtadi. Bu gʻoyani Milliy gvardiya mayori Andreas Maykl Dall’Armi taklif qilgan degan fikr keng tarqalgan. Biroq, ot poygalarining kelib chiqishi va Oktoberfestning oʻzi Milliy gvardiyaning murabbiyi va serjanti Frants Baumgartner tomonidan tavsiya qilingan takliflardan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. Hozirga qadar, Festival va ot poygalarining aniq kelib chiqishi munozarali masala boʻlib qolmoqda.

  1. „Oktoberfest Beer Consumption“ (2014-yil 19-oktyabr).
  2. „Oktoberfest in Munich: poured amount of beer 2020“ (en). Statista. Qaraldi: 2022-yil 8-aprel.
  3. „Oktoberfestbier“. German Beer Institute. 2013-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-dekabr.