Kontent qismiga oʻtish

Odathil masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Odathil masjidi
Odathil Palli
Mamlakat  Hindiston
Shahar Kerala
Asoschi Musokaka
Asosiy sana:
1806-yil

Odathil Palli (Odathil masjidi) – Janubiy Hindistonning Kerala shtatidagi Talasseri shahrida joylashgan 200 yillik masjid. Masjid taxminan 1806-yilda qurilgan.

Talasseri markazida 200 yillik Odathil Palli va Bogʻ masjidi joylashgan. Odathil Palli oʻrnida avval Gollandiyaning shakarqamish bogʻi boʻlgan. U Britaniyaga tegishli Sharqiy Hindiston kompaniyasi tasarrufiga oʻtgan.

Musulmon Keralit Musakaka Sharqiy Hindiston kompaniyasining pudratchisi edi. Musakaka Talasseridagi Keyi oilasining aʼzosi boʻlgan. Keyilar oʻsha davrning koʻzga koʻringan savdogarlaridan biri boʻlishgan.

Musakakani juda halol va ishonchli shaxs deb hisoblashgan. Shuning uchun kompaniya uni sadoqati uchun mukofotlamoqchi boʻladi. Uning iltimosiga koʻra, unga Gollandiya shakarqamish bogʻi beriladi. Musakaka bu yerni tekinga olishni xohlamagani uchun arzimagan narxga sotib oladi.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musakaka Talasseri shahrida inglizlar tomonidan bosib olingan ilgari gollandlarga tegishli boʻlgan „Karimbin-odam“ (shakarqamish plantatsiyasi)da muxtasham masjid qurdirgan. Odam malayalam tilida „bogʻ“ degan maʼnoni anglatadi. Shu hududda qurilgani sababli masjid Odathil Palli, yaʼni „Odamdagi masjid“ deb atala boshlangan. Masjidning tomi misdan yasalgan va oltin bilan bezaklangan gumbazga ega boʻlib, Brahmonik anʼanalarida qayd etilgan manzarali koʻrinish xususiyatlarini oʻzida birlashtiradi. Gumbazni oʻrnatishda qarama-qarshiliklar boʻlgan, shuning uchun zamindor gumbazlar va minoralarni oʻrnatishga tezlik bilan ruxsat bergan. Bu oʻsha kunlarda hukmron boʻlgan jamoaviy totuvlikni va Kerala hukmdorlari tomonidan olib borilgan maʼrifiy bagʻrikenglik siyosatini namoyish etadi. Bu yerda barcha musulmonlar ibodat qilishlari mumkin. Qabristonda (masjidga tutash) faqat Keyis oilasiga aloqador kishilarning jasadlari dafn etilgan[1].

Eʼtiborga molik jihati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odathil Palli – sayyohlar va ziyoratchilar koʻp tashrif buyuradigan joy. Odathil Pallining diqqatga sazovor tomoni shundaki, u Keralaning odatiy arxitekturasini oʻzida namoyish etadi va Talasserining markazida joylashgan. Tomdagi toj shakli oltindan qilingan. Masjiddan bugungi kunda ham ibodat qilish maqsadida foydalanilmoqda. Masjidning uchta kirish joyi mavjud. Birinchisi, Talasseri eski avtobus stendining yaqinidagi asosiy darvoza orqali kirish. Keyingisi Logans yoʻli orqali, uchinchisi – OV yoʻliga ulangan binoning orqa hovlisi orqali kirishdir.

  1. ميالوكام Odathil Palli (Wayback Machine saytida 10 March 2016[Date mismatch] sanasida arxivlangan)