Nantes
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nant — Fransiyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Atlantika Luarasi departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 277,7 ming kishi (1999). Transport yoʻllari tuguni. Luara daryosi boʻyidagi port (yiliga 20 mln. t dan ortiq yuk ortib-tushiriladi): chetdan neft, fosforit, oʻrmon mahsulotlari va boshqa keltiriladi; neft mahsulotlari, mashinalar, gʻalla, un, oʻgʻitlar chetga chiqariladi. Metallurgiya, mashinasozlik, xususan, kemasozlik va samolyotsozlik rivojlangan. Kimyo, qogʻoz, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet, nafis sanʼat, xalq va Bretani sanʼati muzeylari mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan 12—19-asrlarda qurilgan binolar saqlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |