Nadimiy
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Nadimiy (taxallusi; asl nomi Boltaniyoz Qurbonniyoz oʻgʻli) (? — Xiva — 1938) — shoir, xattot. Akasi Muhammad Yoqub Harrot Devondan husnixat qoidalarini oʻrgangan. Nadimiy umrining oxirigacha Xivadagi idoralarda turli lavozimlarda ishlagan. Sharq shoirlarining asarlarini mutolaa qilib, ularning taʼsirida sheʼrlar yozgan. 1908-yilda koʻchirgan mukammal devonida oʻzbek mumtoz sheʼriyatining turli janrlarida yozilgan asarlar bor. Sheʼrlarida insoniy muhabbatni ulugʻlaydi, kishilarni oliy fazilatlar egasi boʻlishga chaqiradi. Nadimiy kitobat qilgan Abdulvohid ibn al-Muftiyning "Ajoyib ul-qisas" asari tarjimasi (1907, inv. № 874), zamondosh shoirlardan Shinosiy devoni (1908, inv. №1145), Tabibiyning 2 devoni (1909, inv. №927, 1910, inv. № 257) va oʻzi tarjima qilgan "Vomiq va Uzro" dostoni (1910, inv. № 2057) va oʻzining 3 devoni Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida (№ 901, 902, 906) saqdanmoqda. Nadamiy asarlari bayozlardaham uchraydi (Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti Qoʻlyozmalar fondi, inv. inv. № 6771, 6939, 6969).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |