Mozli Genri Gvin Jefris
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Genri Gvin Jefris Mozli (1887.23.11, Ueymut, Angliya — 1915.10.8, Gallipoli, hozirda Galiboli, Turkiya) — ingliz fizigi. Rentgenospektroskopiya asoschisi. Oksford universitetini tugatgan (1910). Manchester va Oksford universitetlarida ishlagan (1910— 14). E. Rezerford laboratoriyada r va u-spektroskopiyasi sohasida, shuningdek, rentgen nurlari spektroskopiyasi ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. Kimyoviy element rentgen nurlanishining spektr chiziqlari chastotasi bilan uning tartib raqami orasidagi bogʻliklikni (Mozli qonuninn) matematik ifodalagan va tajribada mustaqil tarzda anik/tgan (1913). Birinchi jahon urushi (1914—18) da Turkiyada halok boʻlgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |