Moturidiy
Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiy | |
---|---|
Tavalludi |
853-yil Samarqand |
Vafoti |
944-yil Samarqand |
Istiqomat joylari | Samarqand, Marv, Huroson. |
Fuqaroligi | Abbosiylar |
Sohasi | Fiqh, aqida va siyrat fanlari |
Dini | Islom |
Moturidiy (Abu Mansur al-Moturidiy; Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiy) (853-yil Samarqand – 944-yil Samarqand) – imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. „Imom al-hida“, „Imom al-mutakallimin“ („Hidoyat yoʻli imomi“, „Mutakallimlar imomi“) nomlari bilan ulugʻlangan. Moturid qishlogʻida (hozirgi Jomboy tumanida) tavallud topib, to umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu yerda katta bogʻ ham barpo etgan.
Moturidiy Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida oʻqidi, mahalliy hanafiy faqihlardan taʼlim oldi, Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad ibn al-Husayn al-Iyodiy, Nusayr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy unga ustozlik qilishdi. Keyin oʻzi fiqh va kalom ilmlaridan dars berdi. Abu Ahmad al-Iyodiy, Abul Hasan Ali ibn Sayyid ar-Rustugʻfaniy, Abu Bakr as-Samarqandiy, Makhul an-Nasafiy, Abul Mu’in an-Nasafiy, Abulyusr al-Pazdaviy kabi shogirdlar yetishtirdi. Vasiyatiga koʻra, Samarqanddagi Chokardiza qabristoniga dafn etildi.
Moturidiyning asosiy asarlari „Kitob at-tavhid“ („Yakkaxudolik haqidagi kitob“), „Taʼvilat ahl as-sunna“dir („Sunniylik anʼanalari sharhi“). „Kitob at-Tavhid“ bilish nazariyasi bayon qilingan musulmon ilohiyotshunosligining birinchi asari hisoblanadi. Kitobning kalom ilmi taʼrifi berilgan muqaddimasida bilimning 3 manbai: hissiy (sezgi) aʼzolari vositasida, naql – rivoyatlar vositasida va aql-idrok vositasida axborotlar olish mumkinligi haqida gapiriladi. Moturidiy sof din doirasidan chiqmagan holda aql-idrokni ulugʻlaydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini taʼkidlaydi. Kitobda oʻsha davrdagi adashgan firqalar qarashlarining haqiqatdan yiroq ekanligi tahlil etilgan. Moturidiy „Din yoʻlidagi barcha adashuvlarning sababi – riyokor kimsalarga koʻr-koʻrona ergashishdadir“, deb taʼkidlagan edi.
Moturidiy ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar – juzʼiy ixtiyor, eʼtiqod, oxirat hayoti kabilarni qamrab oluvchi risolalar bitdi. „Maʼxaz ash Shariʼa“ („Shariat asoslari sarasi“), „Kitob al-usul“ („Diniy taʼlimot asoslari kitobi“), „Kitob al-jadal“ („Dialektika haqidagi kitob“) kabi asarlari shular jumlasidandir. Moturidiy Abu Hanifa qarashlarini tushuntirib berib, uni rivojlantirdi. Abul Hasan al-Ashʼariy (873—935) ishlab chiqqan Islom aqidasi asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik eʼtiqodiga kirib qolgan notoʻgʻri, gʻayri sahih aqidalardan tozaladi. Moturidiy qarashlari oʻz davrida mintaqaning madaniy va ilmiy ravnaqita sabab boʻlgan. Chunki Moturidiy din asoslarini mantiqan tushuntirgan, tanlov huquqi va ijtimoiy hamjihatlikni qaror topdirish gʻoyalarini rivojlantirgan. Moturidiy jami 15 ga yaqin asar taklif etgan. Uning kalomga oid 7 ta va fiqhga oid 2 ta asari boʻlib, ular saqlanib qolmagan. Moturidiyning bizgacha yetib kelgan asarlari qisman tadqiq qilingan. Uning Qurʼon tafsiriga bagʻishlangan „Taʼvilot al-Qurʼon“ asari va uning uzviy davomi hisoblanmish „Irshad al-mubtadiyin fiy tajvidi Kalami Robbil 'alamin“ („Qurʼon oʻqishga kirishganlar uchun qoʻllanma“) kitobi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Oʻzbekistonda Moturidiy merosini oʻrganishga faqat mustaqillikdan keyingina kirishildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 2000-yilda Moturidiy tavalludining 1130-yilligi Oʻzbekistonda keng nishonlandi. Oʻzbekiston prezident I. A. Karimov tashabbusi bilan Samarqandda alloma xotirasiga yodgorlik majmui bunyod etildi. Toshkent va Samarqandda Moturidiy taʼlimoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar oʻtkazildi. Moturidiy hayotining turli qirralarini yorituvchi maqolalar, risolalar va tadqiqotlar chop etildi. Moturidiy merosini oʻrgangan xorijlik olimlar bilan samarali hamkorlik aloqalari oʻrnatildi. 2001-yilda Göttingen (Germaniya) universitetining professori Rudolf Ulrich qalamiga mansub „Al-Moturidiy va Samarqand sunniylik ilohiyoti“ kitobi oʻzbek tilida nashr etildi.
Xotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2002-yilda mazkur kitobning keng ommaga, jumladan, oliy oʻquv yurtlarining talabalari va oʻrta maktablarning yuqori sinf oʻquvchilariga moʻljallangan nashri amalga oshirildi. Endilikda xalqimiz Moturidiy merosi bilan oʻz ona tilida tanishish imkoniga ega boʻldi[1].
Merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quronning bir qator savollariga al-Moturidiy va uning izdoshlari ashʼariylar kabi javob berib, muqaddas matnlarning ratsional talqinini afzal koʻrganlar: ular Qurʼonni oʻzaro bogʻliq holda abadiy deb bilishgan. uning maʼnosiga koʻra va bu maʼnoning ogʻzaki ifodasi bilan bogʻliq holda vaqt oʻtishi bilan paydo boʻlgan, solihlar bu koʻrishning mohiyatini aniqlamagan holda, Allohni narigi dunyoda koʻrishlari mumkin, deb ishongan, barcha insoniy xatti-harakatlar Xudo tomonidan yaratilgan va inson faqat oʻziga mos keladi. (kasb) ularni oʻz irodasi va qobiliyati tufayli oʻziga, Allohning asosiy sifatlari (ilm, qudrat va hokazo) haqiqiy va boqiy . Lekin ash’ariylardan farqli oʻlaroq, al-Moturidiy Allohning asosiy sifatlarigina emas, balki amal sifatlarining ham abadiyligini tan olgan; Mo''taziliylar singari, u kishida ixtiyor erkinligi, jumladan, ikki qarama-qarshilik oʻrtasida tanlov bor, iymon diniy marosimlarga rioya qilishda emas, balki Allohni ogʻzaki tan olishda ekanligiga ishongan [2].
Al-Moturidiy taʼlimoti Mavarinoniy hanafiylar orasida tarqaldi .
Abu Mansur al-Moturidiy Samarqandning oʻzidan ham, uning atrofidagi turli mazhab vakillari bilan olib borgan bahslarida ham muvaffaqiyat qozongan. U karramiylar, shialar va moʻʼtaziliylar bilan munozaralarga kirishib, oʻz asarlaridan birini ularning qarashlarini inkor etishga bagʻishlagan[3].
Ilmiy asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Moturidiy asarlarini quyidagi turlarga boʻlish mumkin:
- Kalom va munozara sanʼati boʻyicha ishlar.
- Usul ustida ishlaydi.
- Tafsir va Qur’on ilmlari boʻyicha ishlar .
- Buyruq (vasaya) va Allohga yuzlanish (munajah) boʻyicha ishlaydi[4].
Al-Moturidiy asarlaridan biz, xususan:
- „Taʼvilat al-Qur’on“ (arab. tạ̉wylạt ạlqrḢn ) – Qur’on sharhi .
- „Sharh al-fiqh al-akbar“ (arab. sẖrḥ ạlfqh ạlạ̉kbr ) – Abu Hanifa ning „Al-fiqh al-akbar“ risolasining tafsiri .
- „Maʼaxiz ash-sharʼiya“ (arabcha: mạkdẖ ạlsẖrạʿ ) fiqhga oid kitob.
- „Kitob al-maqalat“ (arab. ktạb ạlmqạt ) – kalom haqidagi kitob.
- „Kitob at-tavhid“ (arabcha: ktạb ạltwḥyd – „Tavhid kitobi“) – moturidizm taʼlimoti nuqtai nazaridan Islom asoslarini bayon qiluvchi kitob .
- „Radd awail al-adilla“ (arabcha: rd ạ̉wạṦl ạlạ̉dlẗ ) – mo''taziliy Abu al-Qosim al-Kaabi al-Balxiy [de] ning „Avoil al-adilla“ asarining tanqidi .
- „Bayan vahm al-moʻtazila“ (arab. byạn whm ạlmʿtzlẗ ) – moʻʼtaziliylarning qarashlarini tanqid qilish.
- „Ar-Radd ala usul al-karamita“ (arabcha: ạlrd ʿly̱ ạ̉ṣwl ạlqrạmṷẗ ) – qarmatiylarning qarashlarini tanqid qilish.
- „Radd kitob al-imoma li-baʼd ar-ravofida“ (arab. rd ktạb ạlạmạmẗ lbʿḶ ạlrwạfḶ ) – shialarning qarashlarini tanqid qilish.
Ulardan bugungi kungacha faqat „Taʼvilat ul-Quron“ va „Kitob at-tavhid“ kitoblari saqlanib qolgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Imam-i Maturidi // İslam alimleri ansiklopedisi. Türkiye Gazetesi. İstanbul, 1984. C. 4. S. 201
- ↑ Artikov M. A. Prosveщyonniy islam – duxovnaya osnova edineniya /materials/rmforum/3/teo_artikov.htm |date=20160305015113 }} ID „Medina“.
- ↑ Imam Maturidi (Wayback Machine saytida 2011-11-28 sanasida arxivlangan) – ob imame Maturidi na info-islam.ru.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Al-Moturidiy taʼlimoti va uning Sharq xalqlari madaniyatidagi oʻrni. Maʼruzalar toʻplami, T., 2000;
- Karimov I. A., Vatan ravnaqi uchun har birimiz masʼulmiz Imom Moturidiy tavalludining 1130-yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda soʻzlangan nutq, 9-j, T., 2001;
- Kattayev K., Imom al-Moturidiy va Chokardiza, Samarqand, 2000;
- Mansur A., Al-Moturidiy taʼlimoti, T.,2003;
- Ziyodov Sh., Al-Moturidiy hayoti va merosi, T., 2000.
- Uvatov U., Imom al-Moturidiy va uning taʼlimoti, T., 2000;
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |