Molibden
Molibden(Mo) | |
---|---|
Atom raqami | 42 |
Koʻrinishi | Oq-kumush rangli qattiq metall |
Atom xossasi | |
Atom massasi (molyar massasi) |
95.94 m. a. b. (g/mol) |
Atom radiusi | 139 pm |
Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) |
684.8(7.10) kJ/mol (eV) |
Elektron konfiguratsiyasi | [Kr] 4d5 5s1 |
Kimyoviy xossalari | |
Kovalentlik radiusi | 130 pm |
Ion radiusi | (+6e)62 (+4e)70 pm |
Elektrmanfiylik (poling boʻyicha) |
2.16 |
Elektrod potensiali | 0 |
Oksidlanish darajasi | 6, 5, 4, 3, 2, 0 |
Termodinamik xossalari | |
Zichlik | 10.22 g/sm³ |
Solishtirma issiqlik sigʻimi | 0.251 J/(K·mol) |
Issiqlik oʻtkazuvchanlik | (138) Vt/(m·K) |
Erish harorati | 2890 K |
Erish issiqligi | 28 kJ/mol |
Qaynash harorati | 4885 K |
Qaynash issiqligi | ~590 kJ/mol |
Molyar hajm | 9.4 sm³/mol |
Kristall panjarasi | |
Panjara tuzilishi | kubik markazlashgan |
Panjara davri | 3.150 Å |
Panjara/atom nisbati | n/a |
Debye harorati | 380.00 K |
42 | Molibden
|
Mo | |
4d55s1 |
Molibden (yunoncha: molibdos — qoʻrgʻoshin; lotincha Molybdaenum), Mo — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruh elementi. Tartib rakami 42, atom massasi 95,94. Molibdenni 1778-yil molibdat kislotasi va uning tuzlari sifatida Molibden Sheyele ochgan, 1790-yil Molibden Gyelm ajratib olgan metall holdagi Molibden namunasi tarkibida uglerod va Molibden karbidi boʻlgan. Metall holdagi sof Molibdenni 1817-yil Molibden Ya. Berselius olgan.
Molibden tabiatda kam tarqalgan, Yer poʻstidagi massasi — 3-10~4%. 20 ga yaqin minerali mavjud, bulardan muhimi grafitni eslatuvchi molibdenit MoS (molibden yaltirogʻi)dir. Povelit SaMoO4, molibdit Fe2(MoO4)3nH2O va vulfenit RMoO4 minerallari ham sanoat ahamiyatiga ega boʻlib, kvarslangan jinslar va gidrotermal hosilalar tarkibida uchraydi. Rudalarda Molibden sheyelit, volframit, kassiterit, mis va temir sulfidlari, baʼzan berill toshi bilan assotsiatsiyalangan holda boʻladi. AQSH, Meksika, Chili, Kanada, Norvegiya, Avstraliya va Rossiyada konlari mavjud. Molibdenning tabiatda massa soni 92, 94, 95, 96, 97, 98 va 100 boʻlgan 7 ta barkaror izotopi bor. Oksidlanish darajasi +2 dan +6 gacha.
Molibden paramagnit, 0,916 K da oʻta oʻtkazuvchanlik holatiga oʻtadi, mexanik xossalari uni ishlab chiqarish paytidagi mexanik va termik sharoitlarga bogʻliq. Oddiy sharoitda barkaror, 400° dan yukrrida oksidlanadi, 600° dan yukrrida esa Molibden (III)- oksid MoO3 ni hosil qiladi. Ftor, xlor va brom bilan qizdirilganda galogenidlar vujudga keladi. Oltingugurt va vodorod sulfid bilan qizdirib yuqori haroratlarda Molibden (P)sulfid MoS2 olinadi, kremniy bilan 1200° dan yukrrida silitsid beradi. Molibden zar suvi, nitrat kislotasi va vodorod per-oksidda eriydi, sulfat va nitrat kislotalari aralashmasi unga tez taʼsir etadi. Oddiy sharoitda ishkrrlar eritmasi taʼsiriga chidamli, ammo qizdirilganda qattiq eritmalar hosil qiladi. 1000° da 100 g Molibden 0,5 sm³ vodorodni yutishi mumkin. 1100—1200°da uglerod, uglevodorodlar va uglerod (P)-oksid Molibden bilan birikib, Mo2S ni hosil qiladi. Uning MoV2, MoV va Mo2V5 kabi boridlari maʼlum. Ular kulrang kristallar boʻlib, suv va organik erituvchilarda erimaydi. Elektron asboblarda, kermetlar va olovbardosh materiallar sifatida ishlatiladi.
Molibdenning geksakarbonili Mo(SO)() suvda erimaydi, konsentrlangan H2SO4, HNO3, HC1 taʼsirida parchalanadi. Undan metallar, keramik bu-yumlar va grafitni krplashda (molibdenlashda) foydalaniladi. Molibden diselenid MoSe2 qattiq moylagich sifatida qoʻllanadi. Molibden disilitsid MoSi2 esa elektr pechlari qizdirgichlari materi-ali sifatida va molibden buyumlarni qoplashda ishlatiladi.
Sanoatda Molibden rudalardan ajratib olinadi. Molibdenni alyumotermiya yoʻli bilan MoO3 dan olish istiqbolli usullardan hisoblanadi.
Molibden poʻlat ishlab chiqarishda legirlovchi qoʻshimcha, aviatsiya, raketa va atom texnikasida issiklikka chidamli hamda antikorrozion qotishmalar tayyorlashda qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bazarova Molibden Molibden, Slojnie oksidi molibdena i volframa s elementami 1—IV grupp., Molibden, 1990; Axmetov Molibden S, Obshaya i neorganicheskaya ximiya, Molibden, 1981.
Qudrat Axmerov.[1]
Molibden - unsurlar davriy jadvalining 42 unsuri, metall.
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | ||||||||||||||||||||||||||||
1 | H | He | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2 | Li | Be | B | C | N | O | F | Ne | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3 | Na | Mg | Al | Si | P | S | Cl | Ar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
4 | K | Ca | Sc | Ti | V | Cr | Mn | Fe | Co | Ni | Cu | Zn | Ga | Ge | As | Se | Br | Kr | |||||||||||||||||||||||||||
5 | Rb | Sr | Y | Zr | Nb | Mo | Tc | Ru | Rh | Pd | Ag | Cd | In | Sn | Sb | Te | I | Xe | |||||||||||||||||||||||||||
6 | Cs | Ba | La | Ce | Pr | Nd | Pm | Sm | Eu | Gd | Tb | Dy | Ho | Er | Tm | Yb | Lu | Hf | Ta | W | Re | Os | Ir | Pt | Au | Hg | Tl | Pb | Bi | Po | At | Rn | |||||||||||||
7 | Fr | Ra | Ac | Th | Pa | U | Np | Pu | Am | Cm | Bk | Cf | Es | Fm | Md | No | Lr | Rf | Db | Sg | Bh | Hs | Mt | Ds | Rg | Cn | Nh | Fl | Mc | Lv | Ts | Og | |||||||||||||
8 | Uue | Ubn | Ubu | Ubb | Ubt | Ubq | Ubp | Ubh | Ubs | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |