Miqqiy
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Miqqiy (Falco tinnunculus) — lochinsimonlar oilasiga mansub yirtqich qush. Gavdasining uzunligi 31—38 sm, vazni 180—240 g. Qanoti kambarsimon, uchki qismi ingichkalashgan, uz. 23—27 sm. Osiyo, Yevropa, Afrikada tarqalgan. Osiyo va Afrikaning tropik va subtropik hududlarida qishlaydi. Oʻrta Osiyoda oʻtroq yashaydi. Do-imiy juft hosil qiladi. Jarlar va qoyalardagi kovaklarga hamda daraxtlarga uya quradi. 4—5 ta tuxum qoʻyib, nari va modasi navbatlashib bosib yotadi. Tuxumlarini 25 kundan soʻng ochib chiqadi. M. mayda kemiruvchilar, hasharotlar, kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Zararkunanda va kasal tarqatuvchi kemiruvchilar va hasharotlarni qirib qishloq xoʻjaligiga foyda keltiradi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |