Kontent qismiga oʻtish

Mikel Merino

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mikel Merino
Merino with Real Sociedad in 2018
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mikel Merino Zazón[1]
Tavallud sanasi 22-iyun 1996-yil (1996-06-22) (28 yosh)[2]
Tavallud joyi Pamplona, Spain[2]
Boʻyi 1.88 m[2]
Ampluasi Midfielder
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Real Sociedad
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Amigó
Osasuna
Xalqaro medallar

Mikel Merino Sason (ispancha: Mikel Merino Zazón ; 22-iyun, 1996-yil, Pamplona, Ispaniya) – Ispaniyalik futbolchi, Real Sosyedad va Ispaniya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi.2020-yilgi Tokio olimpiadasi kumush medali sovrindori.2019-yilda Ispaniya yoshlar terma jamoasi bilan Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Merino- Osauna klubi tarbiyalanuvchisi.2014-yilning 23-avgustida Barselona B jamoasiga qarshi Segundada debyut qilgan.21-dekabrda Las-Palmasga qarshi oʻyinda birinchi golini kiritgan.2015-yilda Merinoning xizmatlariga Barselona qiziqish bildirgan.

2016-yilda Merino Borussiya Dortmund bilan shartnoma imzolaydi. Transfer summasi 5 million yevroni tashkil qilgan. U 14-oktyabr kuni Bundesligada Gertaga qarshi bahsda debyut qiladi. Oʻzining ilk mavsumida klubi bilan Germaniya kubogini qoʻlga kiritgan.

2017-yilnin yozida Mikel Merino oʻyin amaliyoti kamligi sababli Nyukasl Yunayted klubiga ijaraga beriladi.13-avgustda Premyer ligadagi ilk uchrashuvini Tottenhemga qarshi oʻtkazadi.2017- yilning 13-oktyabrida Nyujkasl Merinoni toʻlaqonli sotib oladi.21-oktyabrda Kristal Pelasga qarshi kechgan bahsda oʻzining debyut golini uradi.

2018-yilning yozida Merino Ispaniyaga qaytib,Real Sosyead aʼzosiga aylanadi. Nyukasl Yunayted bu transferdan 12 million yevro ishlab olgan. U La-ligadagi debyutini Villyarealga qarshi bahsda oʻtkazadi.21-sentyabrda Ueskaga qarshi uchrashuvda oʻzining birinchi golini kiritgan.

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda Gretsiyada boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Ispaniya terma jamoasi tarkibida chempionlikni qoʻlga kiritgan.

2017-yilda Merino Ispaniya yoshlar terma jamoasi safida Polshadagi Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi. U Portugaliya va Serbiyaga qarshi bahslarda maydonga tushgan. 2019-yilda esa Italiyadagi Yevropa chempionatida chempionlikni qoʻlga kiritadi. 2021-yilda esa Merino Tokio 2020 olimpiadasida ishtirok etdi. Ispaniya olimpiya terma jamoasi turnirda kumush medallarga ega chiqqan.

Shu kunlarda Germaniya yashil maydonlarida boʻlib oʻtayotgan Yevropa chempionatida Mikel Merino Ispaniya milliy terma jamoasi safida harakat qilmoqda.5-iyul kuni boʻlib oʻtgan mezbon Germaniyaga qarshi chorak final uchrashuvining 119-daqiqasida aynan Merino kiritgan gol Ispanlarga yarim final yoʻllanmasini taqdim etdi.

  1. „Updated squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2018-yil 2-fevral). Qaraldi: 2018-yil 15-fevral.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Mikel Merino“. Eurosport. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.