Mexiko
| |||
Shtat | |||
---|---|---|---|
Tarkibida | 125 munitsipalitet | ||
Maʼmuriy markazi | Toluka | ||
Yirik shahari | Ekatepek-de-Morelos | ||
Asos solingan sanasi | 4-oktabr 1823 | ||
Gubernator | Eruviel Ávila Villegas, PRI с 16.09.2011 | ||
Rasmiy tili | ispan | ||
Aholi (2010) | 15 175 862 | ||
Zichligi | 707,14 kishi./km² | ||
Millatlar tarkibi | Metislar, масауа, otomlar, mishteklar, oqlar. | ||
Dinlar tarkibi | Katoliklar (91,2 %), protestantlar va evangellar (3,8 %), boshqa nasroniylar(1,6 %), yahudiylar (0,1 %), boshqa dinlar(0,7 %), ateistlar vaagnostiklar (1,8 %). | ||
Maydoni | 21 461 km² (25-oʻrin) | ||
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi |
5540 m | ||
Kengligi | 20° 17' — 18° 22' N | ||
Uzunligi | 98° 36' — 100° 37' E | ||
Vaqt mintaqasi | UTC-6 | ||
Kod ISO 3166-2 | MX-MEX | ||
Pochta indeksi | Mex. | ||
Rasmiy sayti | http://www.edomex.gob.mx/ | ||
Xaritada | |||
19°21′15″N 99°37′51″W / 19.35417°N 99.63083°W |
Mexiko — Meksikaning markazidagi shtat. Maydoni 21,5 ming km². Aholisi 13,08 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Toluka shahri Markaziy Mesa togʻligining jan. qismi, qisman Vulkanli Syerra togʻlarida joylashgan. Gʻarbda Toluka togʻ oraligi havzasi va sharqda Mexiko havzasini oʻz ichiga oladi. Vulkan harakatlari faol seysmik rayon hisoblanadi. Iklimi tropik, togʻli iqlim, oʻrtacha oylik temperaturalar 9—12° dan 15—18° gacha. Yillikyogʻin 500–1000 mm. Togʻlar oʻrmonlar bilan qoplangan, 4000 m dan baland yerlar yaylovlardan iborat. Xoʻjaligining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Ekin maydonining 40% lalmikor yerlar (makkajoʻxori, dukkakli ekinlar, arpa ekiladi), 9% sugʻoriladigan yerlardan iborat. Toluka shahri atrofida bugʻdoy ekiladi, sut chorvachiligi, shimoliy rayonlarda kuychilik rivojlangan. Asosiy sanoat korxonalari: avtomobilsozlik, kimyo, yengil sanoat, metallsozlik, sunʼiy oʻgʻitlar ishlab chiqarish[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |