Kontent qismiga oʻtish

Metan

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Metan (kon gazi, botqoq gazi), CH4 – rangsiz, hidsiz gaz mol metan 16,04. Suvda kam eriydi, etanol, efir, uglerod (1U)-xlorid va uglevodorodlarda eriydi. Metan – toʻyingan uglevodorod qatorining dastlabki vakili boʻlib, boshqa alkanlar singari radikal oʻrin almashinish reaksiyalari (galogenlash, sulfoxlorlash, sul-fooksidlash, nitratlash va boshqalar)ga kirishadi.

Metan – tabiiy va kon gazlarining asosiy qismini tashkil etadi, sellyulozaning anaerob achishidan ham hosil boʻladi. Saturn, Yupiter va uning yoʻldoshi boʻlgan Titan atmosferasining asosini tashkil etadi. Metan sanoat miqyosida tabiiy gazlardan yoki krekinggazdan past temperaturali distilyasiyalash yoʻli bilan ajratib olinadi. Labaratoriyada atsetatlardan, karbid yoki metallarning metilgalogenidlaridan olinadi. Metan yonilgʻi, sintezgaz xom ashyosi, vodorod, atsetilen, texnik uglerod, uglerod (1U)-xlorid, xloroform, freonlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Zaharli emas, ammo portlovchi aralashmalar hosil qiladi, koʻmir konlarida yuz beradigan noxushliklar shuning oqibatida kelib chiqadi. Bundan tashqari uylarda va xonadonlarda ishlatiladigan tabiiy gaz ham metandir.