Kontent qismiga oʻtish

Medelin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Medelin —Kolumbiyaning shim.gʻarbiy qismidagi shahar, Markaziy Kordilyera togʻlari orasidagi vodiyda. Antyokiya departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,6 mln. kishidan ziyod (1990-yillar oxiri). Panamerika shossesidagi muhim transport tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning yirik iqtisodiy va madaniy markazi. Konchilik (oltin, kumush, platina, koʻmir) va toʻqimachilik (tarmoqning 4/5 qismi) sano-atlari rivojlangan. Qora metallurgiya, kimyo, koʻn-poyabzal, oziq-ovqat sano-ati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Kofe savdosi markazlaridan. Universitet bor. Shaharga 1675-yilda asos solingan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil